So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

SHota Arveladze: "Paxtakor"ga bugun g'oliblik ruhi etishmadi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Paxtakor"ga bugun g'oliblik ruhi etishmadi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Nasaf"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'ylashimcha, o'yinni biz kurashchan boshlay olmadik. Dastlabki daqiqalardan raqib ko'proq g'alabani istayotganligi ko'rindi.
Umuman olganda, jamoamiz pastki o'rinlardan oxirgi turga kelib kumush medali uchun imkoniyatga ega bo'lgani ham yomon emas. Ikkinchi davrani jamoamiz ancha yaxshi o'tkazdi, deyish mumkin.

Biz qo'yib yuborilgan barcha gollarga qaraydigan bo'lsak, o'zimiz qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Birinchisida Iskanderov xato qildi, ikkinchisida Alijonov noto'g'ri o'ynadi. Uchinchi golda esa Lobanov nima qilganini tushunmadim.
Bu bilan faqat bizning xatolarimiz mag'lubiyatga sababchi bo'ldi, demayman. "Nasaf" bizni xato qilishga majbur qilganini ham tan olish kerak.

Bugun bizga g'oliblik ruhi etishmadi.

Eldorbek Suyunov? Bizda ikkita yaxshi saviyadagi kiper bor.
Lobanov bugungi uchrashuvgacha yaxshi o'ynab kelayotgandi. SHuni aytishim mumkinki, Suyunov bizda ikkinchi raqamli darvozabon emas. Joriy mavsumda faqat chempionatda o'ynaganimiz bois unga imkoniyat berolmadik.

O'zbekiston chempionati potencial jihatdan ancha yuqori hisoblanadi. Ammo biz o'zimiz kichik detallarga etibor qaratmay, chempionatning butun potencialidan foydalana olmayapmiz. Oddiygina maydon holatlariga etibor qaratishni o'zi kifoya. Qarshida esa barcha sharoitlar ajoyib, deyish mumkin.
Qani endi barcha stadionlarda shu kabi sharoitlar bo'lsa, bu faqat foydaga, chempionat kuchayishiga xizmat qiladi.

"Nasaf" ancha barqaror jamoa ekanligini alohida etibor qaratishim mumkin.

Marko Simich nega o'zgartirildi? Simich biroz kichik jarohat oldi, umuman o'yin davomida ko'p bor hakamlar bilan tortishayotgandi. SHu bois uni almashtirdim. Umuman olganda, uni ertaroq almashtirishim kerak edi.

Keyingi mavsumga rejalar? Bu ko'p jihatdan O'zbekiston kubogi finaliga bog'liq. Agarda "Lokomotiv" g'alaba qozonadigan bo'lsa, biz kelasi mavsumda OCHLda o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritamiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика