So’nggi yangiliklar

14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  4 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  5 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  7 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0

SHota Arveladze: "OCHLda qatnashish uchun Qatarga qanday holatda boramiz, hozircha nomalum. Sidiqov hali o'z darajasini ko'rsatadi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "OCHLda qatnashish uchun Qatarga qanday holatda boramiz, hozircha nomalum. Sidiqov hali o'z darajasini ko'rsatadi"

Coca Cola Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi SHota Arvledaze qatnashdi.




"Avvalambor, shifokorlarimizga katta rahmat aytmoqchiman. Oxirgi bir yarim oy biz uchun dahshatli o'tdi, rahbariyatga ham rahmat. Ular virus bilan bog'liq jiddiy muammolarimizga tezda chora ko'rishdi. Bu ochko to'plash emas, bu sog'liq, bu hayot. Barchani futbol qaytgani bilan tabriklayman. Birinchi o'yinni o'tkazdik. Albatta, tayyorlanish jarayoni qiyin o'tdi, taxminan 17 kishi kasallangandi. Kimdirda virusning engil formasi, kimdirda bir oz og'irroq formasi kuzatildi. G'alaba bilan ham, kasallikni engib o'tishgani bilan ham yigitlarni tabriklayman. Ular bugun chiroyli o'yin ko'rsatishdi va munosib g'alabaga erishdilar. Umid qilamanki, keyingi hayotimiz to'xtab qolmaydi va barchasi yaxshi bo'ladi. Nafaqat futbolchilar, ularning oilasi, barcha muxlislar sog' bo'lishsin", - deydi Arveladze.

"Paxtakor"da taqvim tig'iz. Oldinda CHempionlar Ligasi ham bor. Jamoaga rotaciya kerak. Bundan tashqari, ko'p futbolchilar kasal bo'lib qolgan, ayrimlari yaxshi formada emas. Vaziyatdan qanday qilib chiqib ketmoqchisiz?

- Har 3 kunda vaziyatga qaraymiz. Kimdir o'zini yaxshi his etmasa, bunga chora ko'ramiz. Hozir hammasi yaxshi, bugun 5 ta o'zgarishga qo'l urdik. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo'ladi. Qatarga qanday holatda boramiz, hozircha nomalum. Bizni oldinda "Nasaf", "Lokomotiv" va "Andijon"ga qarshi 3 ta qiyin o'yin kutyapti.

Javohir Sidiqovning holati qanday? U nega o'ynamayapti? Ayniqsa, u qo'qonlik ishqibozlarning yoqimtoyi.

- Uni barcha yoqtiradi.  Sidiqov og'ir jarohatidan 1,5-2 oy oldin tuzaldi va oxirigacha tiklandi.  Hali uning vaqti keladi va o'z darajasini ko'rsatadi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика