So’nggi yangiliklar

13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  10 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  8 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  13 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  29 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7

SHota Arveladze: "Nasaf" juda yaxshi o'ynadi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Nasaf" juda yaxshi o'ynadi"

Superliga 24-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba bilan mezbonlarni tabriklayman. Hamisha "Nasaf" bilan o'yinlar qiziq kechadi. Bu erda yaxshi maydon, ajoyib muhit bor. Muxlislar futbolni yaxshi ko'radi. Yaxshi o'yin bo'ldi. Himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Biz bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Zarbalarni noaniq yo'lladik. Raqibdan barcha yaxshi harakat qildi, faqat darvozaga aniq zarba berishda muammolar bo'ldi. CHempionlikka erishib bo'lganimiz "Nasaf"ning harakatlariga soya solmaydi. Ular juda yaxshi o'ynashdi. Oldinda bizni Kubok bahslari kutmoqda. O'zimiz qatnashayotgan musobaqalarda g'olib chiqishga intilamiz. O'zbekiston Kubogida mavsum mobaynida o'zimiz ko'rsatgandek chiroyli va sifatli futbol namoyish qilishga urinamiz. "Nasaf" ham chempionlik yo'lida qo'lidan kelganicha harakat qildi. Ularda bugun biroz xohish yuqori bo'ldi deya olaman. Maydonga chiqishdi va o'z ishlarini bajargan holda g'alaba qozonishdi. Raqib jamoa murabbiyni, muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Arveladze.

- Kubokda ham g'olib chiqib "oltin dubl" rasmiylashtirishga ishonasizmi?

- Biz o'zimiz ishtirok etadigan har bir turnirda g'olib chiqishni istaymiz. Gohida bu yo'lda bizga raqiblar to'g'anoq bo'ladi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda sizga kuchli klublar qiziqayotgani haqida o'qidik. Keyingi mavsumni ham "Paxtakor"da ishlaysizmi?

- Hozirda bu masalani muhokama qilishning vaqti emas. Oldinda yana o'yinlar bor. Kubok musobaqasi kutmoqda. SHartnomam yakunlangach barchasiga oydinlik kiritib olamiz.



Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика