So’nggi yangiliklar

15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3

SHota Arveladze "Dinamo" bilan durangdan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

SHota Arveladze "Dinamo" bilan durangdan keyin nimalar dedi?

"Dinamo" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


- O'yin borasidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Avvalambor, raqibimiz Dinamo jamoasini o'z navbatida etirof etish kerak, ular jiddiy qarshilik ko'rsatib, maydonda kurashishga majbur eta olishdi. Umuman olganda, biz o'z o'yinimizni har bir bahsda ham namoyish etolmayapmiz. SHunga qaramay, har bir ochko uchun jiddiy kurash olib borishimizga to'g'ri kelayapti. Ko'rsatayotgan o'yinimiz yoqadimi yoki yo'q shogirdlarim bugun oxirigacha kurash olib borishdi. Ular bugun 90 daqiqa turib berishdi. Bu bizning standart o'yinimiz emas, bu men yigitlardan har hafta talab qiladigan o'yin emas. Biz o'yinimizni yaxshilashimiz lozim.

- Umuman olganda, Dinamodan qanday o'yin kutgan edingiz?

- Oldingi o'yinlardan kelib chiqib, Dinamoning agressiv futbol bilan qarshi hujumlar orqali o'ynashini kutgan edim. CHunki ularda juda tezkor hujumchilar bor. Dinamo men kutmagan darajada o'ynadi demagan bo'lardim. Meni ko'proq Paxtakor hayratlantirdi. CHunki bugun birinchi bo'limda biz har bir ikkinchi to'p oshirishni Dinamoga yutqazdik. To'pga birinchi bo'lib egalik qilishda yutqazdik. Aynan shu tufayli o'yinimizda muammolar kelib chiqdi.

- Ikki ochko yo'qotildimi yoki bir ochko qo'lga kiritildi?

- Bu savol o'yindan oldin berilganda ikki ochko yo'qotdik degan bo'lardim. O'yindan keyin esa aytishim mumkinki, bugun 1 ochkoni qo'lga kiritdik.

- SHota, Samarqandga ilk bor tashrif buyurdingiz. Taassurotlaringiz qanday?

- CHindanam, ushbu ajoyib shaharga ilk bor tashrif buyurdim. Vaqt tig'izligi bois ko'hna shaharning diqqatga sazovor joylarida bemalol sayr qila olmadim. Umid qilamanki, menda Samarqandni ziyorat qilib ketish uchun yana vaqt bo'ladi va men bu ergaga kelib, qadimiy shaharga sayyohat qilaman.



Dinamo klubi Matbuot xizmati

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика