"Inter" 30 mln evrolik futbolchini xarid qilmoqchi
10 avg 13:38
Yangiliklar


"Inter" 30 mln evrolik futbolchini xarid qilmoqchi
"Inter" himoyachi Koni de Vinter transferi bo'yicha "Jenoa" bilan aloqalarni tikladi.
Manbaga ko'ra, milanliklar klubi vakillari 2025/26 yilgi mavsum oldidan himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 23 yoshli belgiyalik futbolchi bo'yicha kelishuvga erishmoqchi.
La Repubblica nashri 2025 yil iyun oyi oxirida xabar berganidek, "Jenoa" de Vinter uchun 30 million evro ishlab olmoqchi.
De Vinter 2024/25 yilgi mavsum "Jenoa" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 22 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar