Rio olimpiadasi sovrindori "Mashal" mashg'ulotlariga qo'shildi
10 avg 09:25
Yangiliklar


Rio olimpiadasi sovrindori "Mashal" mashg'ulotlariga qo'shildi
Rio Olimpiadasida porlagan vinger Umar Aminu "Mashal" ixtiyoriga qo'shildi.
Kecha jamoaning Jizzaxda olib borgan mashg'ulotlarida 30 yoshli futbolchi "jonli karidor"dan o'tgan.
Eslatib o'tamiz, nigeriyalik futbolchi muborakliklar bilan bir yillik shartnoma imzolagandi. U o'z faoliyati davomida Turkiyaning "Samsunspor", "Osmanlispor", "Rizespor", "Bodrum", "Bandirmaspor", "Tuzlaspor", "Beykoz Anadolu", shuningdek, Kiprning “Mirakl Degirmenlik" jamoalarida to'p tepgan.
Malumot uchun, Aminu 2016 yil Nigeriya bilan Riodagi Olimpiya O'yinlarida bronza medaliga ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar
22:00
Superliga. Darvozalarga 6 ta gol urilgan oqshomda "Dinamo" kambek evaziga "Mashal"dan ustun keldi 33

Fikrlar