So’nggi yangiliklar

17:34ОКМК 11 йилдан сўнг Олмалиқда "Навбаҳор"га 3 та гол урди  1 17:20Ариф Асадов: "Ўзбекистон ва Озарбайжон жаҳон чемпионатини юқори даражада ўтказиш учун барча чораларни кўришига ишончим комил"  0 17:06Суперлига. "Насаф" - "Машъал". Таркиблар маълум  1 17:03Миржалол Қосимов: "U-20 Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиш — Озарбайжон ва Ўзбекистонда футболни ривожлантириш учун яхши имконият"  2 17:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" (матнли трансляция)  4 17:00Суперлига. "Қўқон-1912" - "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  16 16:36“ЎФФ Президенти кубоги” – оммавийлик пойдевори  0 16:26"Тоттенхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 16:05Про лигада ким ғолиб бўлади? Регламент нима дейди?  1 15:34"Газиантеп" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 13:50"Галатасарой" Мессига қизиқмоқда  10 13:22U-17 жаҳон чемпионати. Ўзбекистонлик ҳакамлар бугун АҚШ — Тожикистон ўйинида ишлашади  3 12:48"Бухоро" ва "Нефтчи" жамоалари ўртасида дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 12:33U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Европа жамоаларига фақат бир марта ютқазган  13 12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  1

“SHo'rtan” - “Viloyat Hokimi” Kubogi sohibi! Yangiliklar

“SHo'rtan” - “Viloyat Hokimi” Kubogi sohibi!

Teglar :  "SHo'rtan"SHGKM
Bugun Qarshi Davlat Universiteti suniy qoplamali maydonida sevimli jamoamiz “Hokim Kubogi” finalida yana bir G'uzor jamoasi SHGKM bilan bellashdi. Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo'lgan bellashuvda g'oliblar qo'shimcha bo'limlarda aniqlandi.

Dastlab 3-o'rin uchun kurashishga kirishgan “Yunired” va “Mikrokreditbank” jamoalari o'rtasidagi bellashuvda toshkentliklar 2:4 hisobida g'alaba qozonishdi va musobaqaning 3-o'rinini egallashdi.

Bosh sovrin uchun sevimli jamoamiz G'uzorning yana bir jamoasi SHGKM bilan bellashdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda dastlab vakillarimiz hisob ochishdi. 55-daqiqada Muhriddin Zoirov hisobni ochdi — 1:0. Ammo oradan ko'p o'tmay 63-daqiqada Faxriddin Norpo'latov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o'zgarmadi. G'olib qo'shimcha bo'limlarda aniqlandi. 97-daqiqada Bekzod Suvonov g'alaba to'pini kiritdi.

Bu musobaqa yangi futbol mavsumi starti oldidan jamoamiz uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. 

Taqdirlash marosimida “SHo'rtan” professional futbol klubi bosh menedjeri SHamil Yarulin, “Nasaf” futbol klubining bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti SHuhrat Egamberdievlar ishtirok etishdi.

Musobaqa so'nggida jamoamizga Qashqadaryo Viloyati Hokimi Kubogi hamda musobaqani o'tkazishda yordam berganligi uchun “SHo'rtan” futbol klubining bosh menedjeri SHamil Yarulin maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi. G'oliblar qimmat baho sovg'alar bilan topshirildi.

Qarshi. 25.02.2023

“SHo'rtan” — SHGKM 2:1

Gollar: M. Zoirov 55ʼ, B. Suvonov 97ʼ, — F. Norpo'latov 63ʼ

Bosh hakam: Komiljon Rasulov.

Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Laziz Abduraupov.

Zaxira hakami: Elnur Doniyorov

“SHo'rtan”: 25. SHerzod Abduraimov, 3. Hojiakbar Yunusov, 19. Mirzohid Mirzamahmudov, 21. Azamat Abduraimov, 97. Jamshid Qobulov, 30. Jasur Umarov, 27. Abror Sarimsoqov, 76, Sardor Telyakov, 7. Bekzod Suvonov, 17. Javohir Hasanov, 10. Muhriddin Zoirov.

Zaxira: 1. Amir Lutfullaev, 71. Suhrob Eshboev, 5. Jahon Husanov, 9. Jahon Safarov, 6. SHahboz Nuriddinov, 20. Bobur Davlatov, 8. Zafar Polvonov, 11. Asadbek Samariddinov.

SHGKM: 1. Asadullo Polvonov, 5. Axror Hamraev, 18. Sanjar To'raqulov, 4. SHahzod Abduvaitov, 6. Elbek Otaqulov, 15. Fahriddin Norpo'latov, 77. Asliddin Lutfulloev, 23. Farhod Namozov, 10. Elnur Joriyaqulov, 7. Anvar SHomurodov, 11. Sayfullo SHodmonov.

Zaxira: 12. Furqat Ravshanov, 13. Behruz Sobirov, 8. Baxtiyor Bo'riev, 3. Bunyod Ismoilov, 17. Alibek Davlatov, 2. Otabek Xudoyberdiev, 14. SHerali Jo'raev, 20. Mavlon Abdullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика