So’nggi yangiliklar

16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  2 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  10 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  21 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11

"SHo'rtan": Tatil tugadi, navbat tayyorgarlikka Yangiliklar

"SHo'rtan": Tatil tugadi, navbat tayyorgarlikka

Teglar :  SHo'rtan
“Oq bo'rilar” jamoasining murabbiylar guruhi va futbolchilariga 6 iyul kuni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng, yozgi tatil taqdim etilgan edi.

Mana endi 13 iyuldan etiboran ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik bosqichi boshlanadi. Jamoa vakillari dastlab, G'uzordagi qarorgohda mashg'ulotlarga kirishishadi. Bu erdagi tayyorgarlik ishlari 19 iyulga qadar olib boriladi. Aynan o'sha kuni viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan Oliy yoki birinchi liga jamoalaridan biri bilan o'rtoqlik sinov-nazorat uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHundan keyin barchaga bir kunlik dam beriladi va “SHo'rtan” azolari poytaxtda jam bo'lishadi. Toshkentdagi mashg'ulotlar 28 iyulgacha davom ettiriladi. Bu vaqt oralig'ida Muxtor Qurbonov boshchiligidagi jamoa 23 va 26 iyul kunlari Oliy liganing ikki  vakili bilan o'zaro kuch sinashib ko'radi. Poytaxt yig'inining so'nggi kunida murabbiylar va futbolchilar O'FF qoshida faoliyat ko'rsatayotgan “Futbol-Med” tibbiy muassasasida o'z sog'liklarini ko'rikdan o'tkazishadi. SHundan so'ng, “SHo'rtan” jamoasi G'uzorga qaytadi va ikkinchi davraning “Neftchi” (Farg'ona) bilan bo'ladigan dastlabki uchrashuviga o'z qarorgohida tayyorgarlik ishlarini olib boradi.

Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, bu borada bir qator yangiliklar yuz berishi kutilmoqda. Birinchi davrada klub rahbariyati va murabbiylar guruhi ishonchini oqlay olmagan bazi bir futbolchilarga javob berilishi mumkin. O'z-o'zidan esa ketganlar o'rnini yangi futbolchilar hisobiga to'ldirish rejasi ham ishlab chiqilgan.

Aynan ushbu holatga 13 iyuldan boshlanadigan yig'in davomida oydinlik kiritiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика