So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  26 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

"SHomurodovga bitta maslahat beraman: taslim bo'lma va bu erda o'z o'rningni topishga harakat qil". Ilyos Zeytullaev bilan katta intervyu Yangiliklar

"SHomurodovga bitta maslahat beraman: taslim bo'lma va bu erda o'z o'rningni topishga harakat qil". Ilyos Zeytullaev bilan katta intervyu

Italiya A seriyasida to'p tepgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullaev aslida Toshkent viloyatida tug'ilgan. Buni qarangki qariyb 20 yildan so'ng uning vatandoshi Eldor SHomurodov Evropani zabt etish uchun Italiyaga etib keldi.

O'z vaqtida "Yuventus" safida maydonga tushgan Ilyos Zeytullaev sputniknews.ru saytiga O'zbekiston, Italiyadagi hayoti va sportdagi yo'li haqida gapirib berdi.

Bolalik yillari va futboldagi ilk qadamlar

Ilyosning bolalik yillari Toshkent yaqinidagi Angren shahrida o'tgan. U ertalabdan kechgacha futbol o'ynaganini, maktab darslari va uy yumushlari orasidagi bo'sh vaqtdan unumli foydalanganini eslaydi.

"Bizda o'sha paytlarda hamma narsa bor edi. Qishda sport zallari, qipiqli maydonlar va murabbiylarning jo'shqin hissiyotlari. Biz har kuni stadionda 3, 3,5 soat vaqtimizni o'tkazar edik. Sport va o'qishni yaxshi birlashtira olganmiz. Toshkent viloyatining turli burchaklaridagi turnirlarga borardik. Esimda, ertalab tong soat 6-00 da uyg'onib kattalarning o'yinini ko'rish uchun avtobusga yugurardik. Hozir ham katta futbolni tomosha qila turib bizning avlod yaxshi sharoitda o'sganini tushunaman. Bugungi kunga kelib hamma narsa xususiylashtirilgan va yopiq. Bola o'ynashi uchun ijaraga olishi kerak. Zallar, joylar kam. Haqiqiy istedodlarning o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat etarli emas. Mening yoshimdagi bolalar shu qadar quvnoq va erkin qandaydir hammasi sodda edi".

O'zbekiston uning uchun nafaqat vatani balki munosabatlari, harakteri, mahorati, axloqiy qadriyatlarining manbai hisoblanadi.

"Menda mavjud bo'lgan narsaning asosi O'zbekistonda yaratilgan. Keksalarni hurmat qilish, mehmondo'stlik, oilaviy rishtalarning mustahkamligi, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarning barchasi bolaligimizdan ruhimizga singib ketgan. Bular uchun men vatanimdan va xalqimdan minnatdorman. Ha, mening oilam italiyalik, shu erda yashayman. Lekin mening ruhim osiyolik",- deydi Ilyos.

12 yoshgacha u otasi Bekir Zeytullaev qo'l ostida futbol o'ynagan. Aynan otasi o'g'lida iqtidorni ko'ra oldi va shu asnosida tarbiyaladi. Keyin o'spirin Ilyos Zeytullaev Toshkentga yani Olimpiya zaxiralari maktabiga yuborildi. Ko'p o'tmay yosh futbolchining iqtidorini Moskvaning sport menejerlari sezib qoladi va  "Akademik" futbol klubiga taklif qilishadi. Xalqaro turnirlarda o'zini ko'rsatgan yigit italiyalik skautlarning etiboriga tushdi. SHunday qilib 2001 yilda Zeytullaevning Evropadagi faoliyati boshlandi. Avval uni Gollandiyaning "Feynoord", so'ng Franciyaning "Bordo" jamoasiga taklif qilindi. U erda yosh umidli futbolchi o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi va "Yuventus"dan chorlov oldi. Klubdagi dastlabki yillari haqida u shunday so'zlaydi.

"Taxminan bir oy davomida biz Jan Pero Gasperini murabbiyligida mashg'ulot o'tkazdik. Buyuk murabbiyning har bir so'zini tinglardik. U va hamkasblari jamoada qoladigan yigitlarni sinchkovlik bilan tanlab oldilar. Men baxtilalarning qatoriga kirdim. Bizni asosiy tarkib mashg'ulotlariga tez-tez olib borishardi. "Yuventus" negizida Italiya kubogidagi debyutimni o'tkazdim. Bu xuddi tush kabi orzuim amalga oshdi. Bosh jamoada o'ynash imkoniyati yoshlar jamoasidan har kimga ham berilavermagan. Marchello Lippi va Gasperini menda nimanidir ko'rdi".

2004 yilda Ilyos va uning hamkasbi, rossiyalik futbolchi Viktor Budyanski Italiyaning boshqa bir jamoasi "Rejina" safiga taklif qilindi. Afsuski o'zbekistonlik futbolchi ko'p o'tmay to'pig'idan jarohat oldi va operaciya qilindi.

"Bu juda jiddiy holat edi. Men uzoq vaqt tiklanish jarayonini boshimdan o'tkazdim va endi to'liq kuch bilan o'ynay olmasdim. O'zimga bo'lgan ishonchni qaytarish uchun B seriya vakili "Krotone" jamoasiga borib qo'shildim. Garchi klub quyi ligalarda ishtirok etsada men sport formamni tiklay oldim, gollar urish uchun maydonga tushishni boshladim. 2006 yilda "Jenoa"ga ketayotgan Jan Pero Gasperini bilan yana bir bor uchrashdim. U meni o'z jamoasiga taklif qildi va tabiiyki rozi bo'ldim",- deya xotirlaydi qahramonimiz.

Zeytullaev faoliyatidagi uchrashuvlarning aksariyatini "Virtus Lanchano" klubida o'tkazgan. Abrucco tumanida joylashgan bu jamoani mahalliy oilalardan biri tashkil qilgan, ular bu kichik xududa futbolni rivojlantirishni istashgandi. 

"Men ularni invoacion g'oyalarga ega bo'lgan yosh istedodli insonlar deb bilaman. Uch yil ichida biz B seriyaga qadar chiqib bordik. Biz viloyat jamoalari orasidan birinchi bo'lib S seriyaga chiqdik. Mazkur klubda Italiya terma jamoasining nomdor futbolchilari Salvatore Bokketti va Luidji Vitalelar to'p tepishgan",- deya fikr bildiradi manba.

2014 yilda faoliyatining oxirida Ilyos Xorvatiyaning "Gorica" klubiga o'tdi. Olti oylik ijara asosida Italiyadan Xorvatiyaga keldi. Bu borada uning fikri quyidagicha.

"Eski jarohatlar o'z so'zini aytmay qolmadi. Jismoniy jihatdan ham faoliyatimni yakunlash kerakligini his qila boshladim. Ammo men o'zimni murabbiylikka tayyorlab borardim. Xorvatiyadagi futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishni yoqtirardim. Ko'proq yosh jamoalarga etibor berar edim. Xorvatiyalik futbolchilarning texnik va taktik jihatdan kuchli ekanligi meni hayron qoldirgan".

Butsalarini mixga ilgan o'zbekistonlik futbolchi o'zining azaliy orzusi proffessional murabbiy bo'lishni amalga oshirishga qaror qildi. Bunga oilaviy ananalar ham tasir qildi. CHunki uning onasi ingiliz tili o'qituvchisi, otasi esa futbol murabbiyi edi.

"Menga ko'proq bilganlarimni o'rgatish, ko'rsatmalar berish va shu asnoda tajriba oshirib borish yoqardi. SHuning uchun faoliyatimni tugatishdan ikki yil oldin men qaerga borishni va nima ish qilishni aniqlashtirib oldim".

Futbol bilan xayrlashgandan so'ng birinchi marotaba proffessional bo'lmagan ligada "Kupello" klubida o'ynadi. Bu ko'proq uning ruhiyati uchun edi. Jamoa rahbariyati Zeytullaevning faoliyatini bila turib o'zlarining yoshlar jamoasini shug'ullantirishni taklif qilishdi. SHu bilan birga u Florenciyadagi afsonaviy murabbiylar maktabi Koverchanoda tahsil oldi va kerakli licenziyalarni qo'lga kiritdi. Keyinchalik u Vasto shahridagi "Vasteze" klubining yoshlar jamoasiga taklif qilindi. Uning shogirdlari 14-15 yoshda, ko'plab turnirlarda birinchi o'rinlarni egallashmoqda.

"Italiyada endi yulduzlarni yoshligidan tayyorlab borishga urg'u berilmoqda. Ularga yaxshi saviyadagi murabbiylar briktiriladi, texnik baza rivojlantiriladi. Bu kelajakka futbolchi etishtirib berish uchun bo'lgan eng ideal yosh hisoblanadi. Barcha narsa uy kabi bo'lishi kerak deb o'ylayman. Avval poydevor, keyin devor va tom. Men uchun eng yaxshi mukofot shogirdlarimning proffessional klublarga taklif qilinishidir. Men kattalar jamoalari bilan ishlashni istadim. Ammo hamma narsaning o'z vaqti bor".

So'nggi yillarda o'zbekistonlik futbolchilar nafaqat Rossiyaning balki, boshqa mamlakatlarning ham taniqli klublaridan o'rin olishmoqda. Albatta biz Ilyos Zeytullaevning vatandoshi "Rostov" sobiq forvardi, "Jenoa"ga taklif qilingan Eldor SHomurodov haqida so'ramasak bo'lmaydi.

"Eldorning debyut o'yinini kuzatish juda qiziq bo'ldi. Uchrashuv Veronada bo'lib o'tdi. U erda men ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushganman. Nima deyishim mumkin? U allaqachon etuk futbolchi, vaqtida Rossiya chempionatida o'zini yaxshi ko'rsata oldi. U bilan shaxsan tanish emasman. Ehtimol qachondir suhbatlasharmiz. Men unga faqat bitta maslahat beraman. Taslim bo'lma va bu erda o'z o'rningni topishga harakat qil".

Qahramonimizning so'zlariga ko'ra mahalliy muhitga qo'shilish va moslashish uchun tilni iloji boricha tezroq o'zlashtirish muhimdir. Bu muvaffaqiyat kalitidir.

"Esimda, Italiyan tilini o'rganganimda o'qituvchimga tezoq o'zlashtirmoqchi ekanligimni aytardim. Gasperining kiyinish xonasidagi gaplarini, taktikalarini tezroq tushunishni istardim. Til katta rol o'ynaydi. Moslashuv va madaniyatni tushunish muhim. Futbol Italiyaning ajralmas qismi bo'lib u jamiyat ichida yashaydi. Agar siz futbolchi bo'lsangiz boshqa shaharga kelganingizdan qatiy nazar hamma sizni taniydi. Siz istagan joyga borasiz, rasmga tushasiz. CHetdan kelgan inson tilni o'rganmaguncha moslashishi qiyin"

Ilyos Zeytullaev o'zining taniqli vatandoshi Ravshan Ermatovni o'zbek futbolining faxri deb biladi. Uning otasini maktab-internatda o'qiyotganida yaxshi bilardi. Sayfiddin Ermatov ham vaqtida futbol bilan shug'ullangan. 

"Sayfiddin Ermatovning o'g'li Jahon chempionatlarida ishlagan mashhur hakam bo'lib etishdi. Ravshan barchamizga munosib o'rnakdir",- deydi Zeytullaev.

Futbolchi chindan ham mehmondo'st. O'zbek xalqini, oshxonasini hamon sog'inadi. 

"O'g'lim "Yalla" guruhining "Dorbozlar" qo'shig'ini yaxshi ko'radi. Unda shunday gaplar bor: Yiqilsang yig'lama lekin o'rningdan tur. Biz bu iboradan saboq oldik. Hayotda har qanday yomon narsa yuz bersa ham oldinga borishing kerak. O'zbek tilini qo'shiqlar orqali o'rganish qiziq".

Ayoli kasbi bo'yicha tish shifokori. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida bo'lgan. Alessandra ham o'zbek xalqining mehmondo'stligini va madaniyatini yuqori baholagan hattoki, milliy taomlarni tayyorlashni o'rgangan. Ayniqsa o'zbek palovini yaxshi ko'radi. Har qanday ayol singari o'zbek matolarini sotib olish uchun "CHorsu" bozoriga bajonidil boradi.  "Turmush o'rtog'im uyda sharqona naqshlar bilan yostiq ham yasagan",- deydi Alessandra. 

Ilyos Toshkentda bo'lganida odatda mahalliy choyxonada tushlik qilish uchun eski shaharga boradi. 

"Italiyada ham tez-tez mahalliy odamlar bilan kafe va barlarda suhbatlashaman. Bu erdagi xalq uchun begona odamlar bilan suhbatlashish odat tusiga kirgan. Yaqinda tasodifiy suhbatdosh menga turli mamlakatlarda sayohat qilganini aytib berdi. Qaysi mamlakatlarda bo'lganini so'rayman. U esa O'zbekistonning turli viloyatlari Buxoro, Samarqandni sayohat qilganini aytib berdi.  Juda ham mamnun bo'ldim",- deydi faxr bilan Zeytullaev.

Sputniknews.ru saytidan Abdulaziz Iskandarov tarjimasi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика