So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  10 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

SHomurodov ko'proq o'ynashi kerak Yangiliklar

SHomurodov ko'proq o'ynashi kerak

Eldor SHomurodovning "Roma"dagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borishga harakat qilyapmiz.

Albatta, "Roma"dek klubga o'tish Eldor uchun katta qadam, biroq futbolchi ko'proq maydonga tushmas ekan va tushganidan keyin gol urmas ekan, baribir murabbiy tomonidan etibor kamayib boradi. 

Joze Mourino statistikani xush ko'radigan murabbiy. Uning uchun ko'pincha qog'ozdagi raqamlar gapiradi. Quvonarlisi, Mourino SHomurodovga etibor beryapti, ko'p hollarda zaxiradan tushiryapti, ammo Eldor uchun bu kamlik qiladi. Qolaversa "Roma" tarkibida hali  A seriyada gol urgani yo'q. 


Eldorning "Roma"dagi ko'rsatkichlari (A seriya):

1-tur. "Roma" - "Fiorentina" 3:1

SHomurodov 69-daqiqada zaxiradan tushdi. 20 daqiqa o'ynadi. 79-daqiqada urilgan golga pas berdi. 

2-tur. "Salernitana" - "Roma" 0:4

Eldor SHomurodov 78-daqiqada maydonga tushdi. 12 daqiqa harakat qildi. 

3-tur. "Roma" - "Sassuolo" 2:1

SHomurodov 74-daqiqada maydonga tushdi. 16 daqiqa o'ynadi. 91-daqiqada urilgan golga pas berdi. 

4-tur. "Verona" - "Roma" 3:2

SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. 66-daqiqada zaxiraga olindi. 

5-tur. "Roma" - "Udineze" 1:0

SHomurodov 86-daqiqada zaxiradan tushdi. 5 daqiqa harakat qildi.  

6-tur. "Lacio" - "Roma" 3:2

SHomurodov 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 26 daqiqa harakat qildi. 

7-tur. "Roma" - "Empoli" 2:0

SHomurodov maydonga tushmadi. Zaxirada qoldirildi.


Italiya A seriyasida shu paytgacha 7ta tur o'tgan bo'lsa, "Roma" 5 g'alaba va 2 mag'lubiyat bilan 15 ochko to'plagan holda 4-o'rinda boryapti. Hamyurtimiz faqat "Empoli" bilan kechgan oxirgi turda maydonga tushmadi. Qolgan oltita o'yinning beshtasida zaxiradan tushgan bo'lsa, bitta bahsni asosiy tarkibda boshladi. Bu "Verona" bilan kechgan bellashuvda sodir bo'ldi. 

Mana shu oltita uchrashuvda Eldor jami 145 daqiqa harakat qildi va ikki bor golli to'p uzatdi. Agar 6ta o'yinni 540 daqiqa deb oladigan bo'lsak, Eldor jami bahslarning 26 foizida o'ynagan bo'lib chiqyapti. Afsuski, bu havas qiladigan ko'rsatkich emas. Milliy terma jamoamizning yangi sardori ko'proq o'ynashi kerak va eng muhimi hujumchi bo'lganidan keyin gol urishi talab etiladi. 

"Roma" hozircha A seriyada 16ta gol urdi. Yozda jamoaga qo'shib olingan Temmi Abraham hisobida atigi 2ta gol bor. Eng ko'p gol urgan esa Jordan Veretu bo'lib turibdi. Franciyalik yarim himoyachi 4ta golga mualliflik qilgan. 

Mourino hujumda ko'proq Abraxamga ishonch bildirayotgan bo'lsa-da, uning A seriyada 2ta gol urgani hech narsani anglatmaydi. Eldor bemalol angliyalik hujumchi bilan raqobat qilishi va hatto gol urish bo'yicha undan o'zib ketishi ham mumkin. Faqat buning uchun ko'proq maydonda harakat qilishi kerak bo'ladi. 

"Roma"ni navbatdagi turda juda jiddiy sinov kutmoqda. Rimliklar A seriya 8-turini 17 oktyabr kuni safarda "Yuventus"ga qarshi o'tkazishadi. Mana shu uchrashuv ham "Roma", ham Mourino, ham SHomurodov uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Va o'ylaymizki, Eldor turinliklar davrvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика