So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

SHohrux Abdurahmonov "Dinamo"ga qaytdi Yangiliklar

SHohrux Abdurahmonov "Dinamo"ga qaytdi

Superliga ikkinchi davrasi oldidan "Dinamo" jamoasi sobiq o'yinchisini klubga qaytardi

"Dinamo" PFK rahbariyati say-harakati bilan klub Belarus chempionati etakchilaridan biri "Energetik-BGU" bilan o'zbekistonlik yarimhimoyachi SHohrux Abdurahmonovni yarim yillik ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi. 23 yoshli futbolchi ham Samarqandga qaytib, jonajon jamoasiga mavsumning ikkinchi qismida yordam berishga qaror qildi. Klub va SHohrux Abdurahmonov o'rtasida mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi va u bugun, 29 iyul kunidan "Dinamo"ning Toshkentdagi yig'iniga qo'shildi.

2019 yil "Dinamo" safida 19 yoshida Superligada debyut qilgan SHohrux Abdurahmonov uch yil davomida jamoamiz sharafini munosib himoya qilib, 2021 yil klubning Pro ligadan elitaga qaytishiga katta hissa qo'shib, mavsum yakunida muxlislar tomonidan "Dinamo"ning "2021 yilgi eng yaxshi o'yinchisi" deb topilgandi. SHundan so'ng u legioner bo'lishga qaror qilib, "Energetik-BGU" safiga o'tgandi.

Malumot uchun, Abdurahmonov joriy mavsum "Energetik-BGU" safida Belarus chempionatida barcha 13 o'yinda maydonga tushib, bitta gol va 4ta assistga mualliflik qilgan. 

"Dinamo"ga xush kelibsan, SHohrux!", — deyiladi samarqandliklar xabarida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика