So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

SHerzod Karimov: "Hokim kubogi" sohibiga 50 million so'm berilishi avval bo'lmagan" Yangiliklar

SHerzod Karimov: "Hokim kubogi" sohibiga 50 million so'm berilishi avval bo'lmagan"

Xabaringiz bor bugundan har mavsum o'tkazilishi odatga aylangan "Hokim kubogi" musobaqasi start oldi.

"Neftchi" jamoasi bundan bir necha soatlar oldin turnirdagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. "Paxtakor-79"ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etgan Ilhom Mo'minjonov shogirdlari musobaqani g'alaba bilan boshlashdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoasining gollaridan biriga mualliflik qilgan SHerzod Karimov championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Toshkentdagi yig'in alo darajada o'tdi. Yig'in davomida barcha sharoitlarga ega mehmonxonada istiqomat qildik. Umuman barchasi zo'r bo'ldi, deya olaman. 

Bugun birinchi o'yinimizda maydonga tushganimiz sababli hammada hayajon sezildi. SHunday sovuq havoda stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytib qolaman. Ha, bu yilgi "Hokim kubogi" qiziqarli tarzda o'tadi. "Bunyodkor", "Turon", "Buxoro", "Qo'qon-1912" kabi yaxshi saviyadagi jamoalar ham ishtirok etmoqda. O'yindan o'yinga bir-birimizni yanada tushunib boramiz. SHuningdek birinchi o'rin sohibiga 50 million so'm berilishi avval bo'lmagan. Moliyaviy tomondan rag'bat klublarga qo'shimcha motivaciya berishi shubhasiz. Mazkur turnir barcha qatnashchilarga ajoyib tayyorgarlik vazifasini bajaradi,- deydi SHerzod Karimov. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика