So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

SHerzod Kamolov: "Yangier"ni Gulistonga ko'chirishsa ish tashlash qilamiz" Yangiliklar

SHerzod Kamolov: "Yangier"ni Gulistonga ko'chirishsa ish tashlash qilamiz"

Teglar :  SHerzod Kamolov
Biz "Yangier jamoasini mahalliy muxlislar uchun birinchi ligaga olib chiqdik. Endi mevasini boshqalar ko'radimi", - deydi jamoa sardori SHerzod Kamolov

- "G'allakor-Barsa"ga qarshi o'yinda viloyat FF tashabbusi bilan stadionimizga muxlis kiritilmaslikni uddasidan chiqildi. Aytishlaricha, stadion xavfsizlik talablariga javob bermas ekan. SHuncha payt talabga javob berib turgan stadion bizning o'yinimizga kelganda talabga javob bermay qolibdi. Nima uchun unda, yil davomida viloyatning katta-katta tadbirlari shu stadionda bo'ldi? PFL ham uni qabul qilgan-ku! 

Futbolchilarimizni tushlik qilishga puli yo'q, klub na tushlik, na kechki ovqatni bermaydi. Zo'rg'a ertalabki nonushtani berayapti. CHiptalar sotuvidan tushadigan pulga hech bo'lmasa futbolchilarga tushlik sotib olsa bo'ladi. 

Viloyat FF Vice prezidenti o'yinlarimizni Gulistonga ko'chirish tashabbusi bilan chiqayapti. Agar shunday qarorga kelinsa, "Yangier" jamoasining barcha futbolchilari ish tashlash qiladi, biz maydonga chiqmaymiz, biz mahalliy muxlislarimiz qarshisida ular uchun o'ynaymiz, tushlik bermasa ham.

"Yangier" muxlislarini elkasiga endi shamol tekkanida bu kabi ishlar kuzatilishi o'zbek futbolining yana bir fojealaridan beri hisoblanadi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика