So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

SHerzod Azamov: Nasafda Paxtakorning o'yin uslubiga mos o'yinchilar etarli Yangiliklar

SHerzod Azamov: Nasafda Paxtakorning o'yin uslubiga mos o'yinchilar etarli

Teglar :  PaxtakorNasafAzamov
Pepsi Superligada kichik tanaffus yuzaga kelgan va bunga terma jamoamizning Urugvayga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvi sabab bo'lgandi.

Bugundan chempionatimizda 14-tur uchrashuvlari boshlanadi. Hozircha ortda qolgan 13-turdan so'ng turnir jadvalida «Paxtakor» jamoasi yakka peshqadamlik qilyapti. «SHerlar» 13ta o'yinda 29 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan «Bunyodkor» hisobida esa 25 ochko bor.

Biz peshqadam jamoa himoyachisi SHerzod Azamovdan intervyu oldik. 

- SHerzod, O'zbekiston kubogi nimchorak finalida ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadinglar. Nima deb o'ylaysiz, «Iftixor» shu darajada kuchsiz jamoa ekanmi?

- Men bunday demagan bo'lardim. Hisobga qarab xulosa chiqarish to'g'ri emas. Birinchi bo'limda mehmonlar kutilmaganda bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda esa «Iftixor» futbolchilarida jismoniy toliqish alomatlari ko'zga tashlanib qoldi. Biz esa bundan unumli foydalanib qoldik.

- Tajriba baribir o'z so'zini aytibdi-da...

- Murabbiylarimiz «Bunyod-kor»ga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilarga o'yin amaliyotini taqdim etishdi. Birinchi bo'limda asosan yoshlar to'p surishdi. Ular o'zlari uchun berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishdi, deb o'ylayman. Jamoamiz raqibdan har jabhada ustunlik qildi.

- Bundan xulosa qilish mumkinki, asosiy tarkibga kirish uchun raqobat kutilganidan ham kuchayibdida?

- Xuddi shunday. Hozir «Paxtakor»da ikkita teng kuchli tarkib shakllangan. Oldinda o'yinlar juda ham ko'p. Murabbiylar hammaga zarur o'yin amaliyotini taqdim etishadi. Bu juda muhim omil hisoblanadi.

- Tez orada kubok musobaqasining navbatdagi bosqichiga qura tashlanadi. CHorak finalda qaysi jamoa bilan tushishni istamasdinglar?

- Biz istalgan raqibga qarshi o'ynashga tayyormiz. Kubokning chorak finalida kuchsiz jamoaning o'zi qolmadi. Qolaversa, mazkur turnir chempionat bahslaridan keskin farq qiladi. Kubokni qo'lga kiritish orqali OCHL yo'llanmasiga ega bo'lish mumkin. SHunday ekan, barcha jamoalar bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib qolish uchun astoydil harakat qilishadi.

- Bu savolni noqulay raqib nuqtai nazaridan bergandim.

- Bilmadim. Bitta jamoani alohida ajratib ko'rsata olmayman. Hamma jamoa bilan o'ynab ko'rganmiz. Ularning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. O'z o'rnida raqiblar ham bizni yaxshigina o'rganib chiqishgan. Qolganini vaqt ko'rsatadi, quraning ko'zini ko'r deyishadi-ku!

- «Nasaf»dan «Paxtakor»ga o'tgan futbolchilar jamoaga to'liq moslashib ketishdimi yoki hali ham bu jarayon davom etyaptimi?

- Bu futbolchilar yosh, tajribasiz emas. Ular bir necha yildan beri katta futbolda. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, jamoaga moslashib ketishlari oson kechdi. To'g'ri, baribir, boshqa muhit, boshqa klub. Lekin ularga qadar ham «Nasaf»dan «Paxtakor»ga ko'chib o'tgan futbolchilar bor edi. Qaysidir manoda, bu borada ulardan hech qachon yordamimizni ayamaymiz.

- «Paxtakor»dagi SHerzod Azamov «Nasaf»dagi SHerzod Azamovdan farq qiladimi? Faoliyatingizda nima o'zgardi?

- Poytaxt jamoasiga ko'chib o'tish orqali futbolchilik faoliyatimda oldinga katta qadam tashladim, deb bemalol ayta olaman. «Paxtakor» shonli tarixga ega klub va uning azosi ekanimdan benihoya xursandman. O'yinimni takomillashtirib, kuchaytirib borishga harakat qilyapman. Bu borada katta tajribaga ega xorijlik murabbiylarimizdan ko'p narsa o'rganyapman.

- SHu kungacha siz birga ishlagan murabbiylar bilan SHota Arveladzeni ajratib turadigan qandaydir jihatlar bor ekanmi?

- Hamma murabbiyning o'z uslubi bo'ladi. Bir-biriga o'xshashi mumkin, lekin aslo takrorlamaydi. Arveladze o'ta talabchan, faoliyati davomida kuchli mutaxassislar bilan ishlagan. Tabiiyki, murabbiylik zaxirasi uchun boy tajriba to'plagan.

- O'sha siz aytgan va boshqalardan ajralib turadigan uslubi haqida gapirib bering. Mashg'ulotni qanday o'tkazadi?

- Bir vaqtning o'zida juda oddiy va shu bilan birga murakkab hamda qiziqarli. Bizga mashg'ulotlarda raqibdan har jabhada o'zib ketish kerakligini uqtiradi. Faqat shu yo'l bilan uni mag'lub etish mumkinligini aytadi. Yordamchilari ham o'z ishining ustalari, vazifalarini sid-qidildan bajarishadi. Xorij klublarida ishlaganliklari bilinib turadi. Jismoniy va taktik tayyorgarlikka alohida etibor qaratishadi.

- Nima deb o'ylaysiz, «Paxtakor» hozir o'zining eng yuqori sport formasiga chiqdimi yoki yanada kuchaya oladimi?

- Aniq ayta olamanki, bundan ham yaxshiroq o'ynashga qodirmiz. Hali o'zimizning yuz foizlik potencialimizni namoyish etganimiz yo'q. Buni ke-yingi o'yinlarda isbotlashga harakat qilamiz.

- «Nasaf» taqdiriga befarq emassiz. Klubda yuzaga kelgan vaziyatni kuzatib boryapsizmi?

- Ha, bolalar va klubdagilar bilan gaplashib turibmiz. Hozirgi yuzaga kelgan muammolar vaqtinchalik ekani, hali hammasi o'z iziga tushib ketishiga ishonaman. Xuddi shunday ishonch do'stlarimizda ham bor. Ular yaxshi kunlarni umid bilan kutishmoqda.

- «Nasaf» nima uchun bunday holatga tushib qoldi? Siz o'ynagan paytdayoq kamchiliklar sekin-asta bo'y ko'rsata boshlaganmidi?

- Biz o'ynagan paytda hech qanday muammo yo'q edi. Bilganim shu. «Na-saf»da yuzaga kelgan vaziyatga mutasaddilar javob berishgani maqul. Bu borada ular bizdan ko'ra ko'proq malumotga egalar.

- «Paxtakor» tarkibiga yana «Nasaf» futbolchilarining kelib qo'shilishi kutilyapti. SHaxsan siz kimni jamoada ko'rishni istardingiz?

- «Nasaf» tarkibida «Paxtakor»ning o'yin uslubiga mos keladigan futbolchilar ko'p. Lekin ular orasidan qaysidir futbolchini alohida ko'rsatish mushkul. Kimnidir ajratib aytsam, qolgan do'stlarimiz xafa bo'lishlari mumkin. Bilganim shuki, hozirgi «Nasaf»da o'ynayotgan futbolchilarning aksariyati «Paxtakor» tarkibida o'z o'rnini topa oladi.

- Qaysidir futbolchini ko'rsatib, «SHu yigit jamoani kuchaytira oladi, uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman», deya olasizmi? Hech bo'lmasa, bir kishining ism-sharifini ayting.

- Bunday futbolchi bor. Eng muhimi, u bir nafar emas. Lekin hammani jamoaga qo'shib olishning imkoni yo'q.

- Superliganing ortda qolgan o'yinlari haqida umumiy fikringiz kanday?

- Bir narsani aniq ayta olaman, Superliga hammaga birdek maqul kelmoqda. Muxlislar ham, futbolchilar ham birdek quvonishmoqda. O'n ikkita jamoaning hech biriga oson bo'layotgani yo'q. Har bir ochko qiyinchilik bilan qo'lga kiritilyapti. Istalgan o'yinda ochkosiz qolishingiz hech gap emas. SHunday uchrashuvlar amalda ham bo'ldi. Bu ijobiy jihatlari. Salbiy tomonlarini esa hozircha sezmadim.

- Ko'pchilikning fikricha, bu yil «Paxtakor» ortiqcha qiyinchiliksiz chempion bo'lar ekan. Bu yo'lda qaysi jamoa sizlarga qarshilik ko'rsatishi mumkin deb o'ylaysiz?

- Birinchi navbatda, chempionlik haqida gapirishga hali erta ekanligini aytmoqchiman. Birinchi bosqichdagi o'yinlar kuchli oltilikka kirish uchun kechyapti. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoalar, avvalo, oltilikdan joy olishlari shart. Asosiy kurash esa aynan ikkinchi bosqichda bo'ladi. Biz hozirga qadar keragidan ortiq ochko yo'qotdik. Zimmamizga chempionlik vazifasi qo'yilgan ekan, demak qolgan o'yinlarda ochko yo'qotmasligimiz lozim. SHart desam ham bo'ladi. Hali «Lokomotiv» ham chempionlik poygasida jiddiy qarshilik ko'rsatishi mumkin. SHunday ekan, xotirjamlikka berilishga aslo haqqimiz yo'q.

- Nima deb o'ylaysiz, Olimpiya terma jamoamiz Osiyo o'yinlarida ham ijobiy natija qayd eta oladimi?

- Menimcha, jamoamizning chempion bo'lishi uchun barcha imkoniyatlar bor. Tajriba ham etarli. Omad tark etmasa, Indoneziyadan chempion sifatida qaytishadi.

- «Barselona» klubiga befarq emassiz. Jamoaning ECHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini qanday baholaysiz? Ko'pchilik «Roma» bilan o'yin shubhali edi degan fikrni bildirdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- «Barselona» - «Roma» o'yini haqida fikr bildira olmayman. U erda qanday voqea bo'lganini bu erda turib biz bilmaymiz. Kataloniya grandi Valverde bilan kelasi mavsum ijobiy natija qayd eta oladimi? Yoki murabbiy ketishi kerakmi? Bu masalaga bizning javob berishga haqqimiz yo'q. «Barselona» dunyoning etakchi jamoalaridan biri va u erda barcha ishlar professional darajada yo'lga qo'yilgan.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика