So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  0 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  1 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  34 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

"SHerif" ustozi: "MYU bilan o'yinda diqqat-etiborimizni bir erga jamlasak, yaxshi natijaga erishamiz" Yangiliklar

"SHerif" ustozi: "MYU bilan o'yinda diqqat-etiborimizni bir erga jamlasak, yaxshi natijaga erishamiz"

"SHerif" bosh murabbiyi Stepan Tomas EL doirasidagi MYUga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xorvatiyalik mutaxassis o'z jamoasiga qarshi to'qnashuvda "Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushishini afzal ko'rishini aytdi.

"Manchester Yunayted"da eng yaxshi futbolchilar yig'ilishgan. Ularda Reshford yoki Ronaldu, Elanga yoki Antoni maydonga tushishi mumkin – ularning barchasi yuqori saviyadagi futbolchilar. SHuning uchun biz uchun aynan kim maydonga tushishi muhim emas. Reshford ham, Ronaldu ham juda xavfli. Ronaldu o'ynasa, biz uchun yaxshiroq bo'lardi, chunki futbolchilarimiz bor etiborni unga qaratishlari mumkin bo'lardi.

Erik ten Xag va men bir xil vaziyatda edik. Ikkimiz ham klublarimizga shu yozda qo'shilgandik. Ammo ten Hagda bir yil oldingi kabi o'yinchilar bor edi. Biz esa yangi kelganlar ko'p bo'lgan yangi jamoaga ega bo'ldik va bu juda qiyin jarayon edi. Biroq biz muvaffaqiyatga erishdik, endi biz shu erdamiz va "Manchester Yunayted" bilan o'ynaymiz. Demak, ertaga diqqat-etiborimizni bir erga jamlasak, yaxshi natijaga erishamiz.

Biz qanday taktikani tanlaymiz – himoyaviy yoki hujumkor? "Manchester Yunayted" – yuqori pressing qo'llaydigan jamoa, shuning uchun ularga qarshi o'ynaganingizda orqada ko'p bo'sh joy qoldirish xavfli. Biz intizomli, ixcham va tajovuzkor o'ynashimiz kerak. To'p bizda bo'lganda, qarshi hujumlar tashkil qilishimiz lozim. O'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib, standartlarda yaxshi o'ynashimiz kerak. Agar hammasini to'g'ri bajarsak, ijobiy natijani qo'lga kiritamiz", – dedi Tomas.

Eslatib o'tamiz, "E" guruhi 2-turi doirasidagi "SHerif" – MYU bellashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика