So’nggi yangiliklar

16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  6 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  6 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  16 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3

"SHerdor" va "Ittifoq Navoiy" futbol klublari O'zbekiston professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi Yangiliklar

"SHerdor" va "Ittifoq Navoiy" futbol klublari O'zbekiston professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi

O'zbekiston professional futbol ligasi Ijroiya qo'mitasining 2020 yil 30 iyundagi 04-sonli yig'ilish bayoniga asosan “SHerdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari belgilangan talablarni bajarmayotgani hamda qatnashchilik badali va boshqa to'lovlarni o'z vaqtida to'lamagani uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi.

“SHerdor” futbol klubi 2018 yilda, “Ittifoq Navoiy” futbol klubi esa 2019 yilda Pro-ligada ishtirok etishi uchun shartli ravishda qabul qilingan bo'lib, bunda klublar rahbariyatining o'sha vaqtda O'zPFL tomonidan qo'yilgan talablarni bajarish yuzasidan bergan vadalari  muhim o'rin tutgan edi. Biroq, hozirga qadar mazkur futbol klublari o'z majburiyatlarini bajargani yo'q. 

O'zbekiston Professional futbol ligasi joriy yilning yanvar oyida Pro-ligada ishtirok etuvchi futbol klublarining umumiy ish faoliyati, ijro intizomi hamda reglament talablarining bajarilishini o'rganish maqsadida Ishchi guruh tashkil qilgandi. Bunda “SHerdor” futbol klubining faoliyati o'rganilgan. O'rganishlar jarayonida futbol klubining moliyaviy-hisob faoliyati to'liq yuritilmasligi, 2020 yilgi xarajatlar smetasi tasdiqlangan bo'lsa-da moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi aniqlangan.

“SHerdor” futbol klubida moliyaviy holatning yaxshi emasligi, qarzdorliklar bartaraf etilmagani, qatnashchilik badali hatto o'tgan mavsum uchun ham to'liq to'lanmagani, moliyaviy-hisob faoliyati talab darajasida yuritilmasligidan kelib chiqib, O'zPFL uning kelgusi faoliyatiga shubha bilan qaraydi. Aslida “SHerdor” futbol klubining 2020 yil 24 fevraldagi 07-sonli murojaat xatiga asosan, futbol klubiga joriy yilning 1 apreliga qadar vaziyatni o'nglash uchun muddat berilgan hamda shartli ravishda Birinchi liga ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tishiga ruxsat berilgandi.  SHunday bo'lsada, “SHerdor” futbol klubi ketma-ket kafolat xati yozish bilan cheklandi xolos. Aslida esa klublar avval qatnashchilik badalini to'lab, so'ng musobaqada ishtirok etishi kerak. O'zPFL esa bu borada klublarga doim imkoniyat yaratib beradi. Ammo o'tgan yillardan ham qarzdor bo'lgan klublarning musobaqada davom etishi, Musobaqalar o'tkazish reglamentining buzilishi hisoblanadi. O'zPFL bunday klublarga vaziyatni chigallashtirmay, Ikkinchi liga musobaqasida faoliyatini davom ettirishni tavsiya qiladi. 

SHu bilan birga, “Ittifoq Navoiy” futbol klubi ham o'tgan yilgi mavsumda chempionatda munosib ishtirok etmagani, reglament talablarini to'liq bajarmayotgani, qatnashchilik badali yuzasidan “SHerdor” futbol klubidagi kabi qarzdorliklar mavjud ekanidan kelib chiqib, Ikkinchi liga uchun tavsiya etiladi. “SHerdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari qatnashchilar safidan chiqarilgani uchun mazkur futbol klublari va ularning futbolchilar bilan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilingudek bo'lsa, futbolchilarning O'zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi boshqa futbol klublari bilan imzolagan mehnat shartnomalari ro'yxatdan o'tkazib beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика