So’nggi yangiliklar

17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  3 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  11 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14

SHerali Babakulov: “Metallurg-W” tajriba evaziga g'alaba qozondi" Yangiliklar

SHerali Babakulov: “Metallurg-W” tajriba evaziga g'alaba qozondi"

“Metallurg” bilan o'yindan oldin OAVda turli fikrlar bildirildi.

Kimdir bu o'yinni ikkala jamoa uchun principial ahamiyatga ega desa, yana kimdir ushbu bahs qay bir murabbiy kuchli ekanligini takidladi. Bilamizki, “So'g'diyona-W” debyutant jamoa va bugun ular chempionlarga qarshi bahs olib bordi. Futbolchilar maydonda teng kurash olib borishdi. “Metallurg-W”ning g'alabasi esa to'plangan tajriba sabab bo'ldi. Jizzaxlik futbolchilar bugun ko'rsatgan o'yin bilan javob bahsida “Metallurg-W” ga bosh og'riq bo'la olishadi. SHu o'rinda, o'yindan so'ng SHerali Babakulov va Avaz Maksumovning o'yindan so'ng bildirgan fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.



- O'yinning boshida futbolchilar o'z diqqatlarini yuqotishdi. Berilgan ko'rsatmani bajara olmadi. Qizlar juda yosh va esdan chiqarmaylik debyutant jamoa. Etibor bering, tarkibda 1999, 2000,2001,2002,2003  yillarda tug'ilgan qizlar o'ynayapti. Avvalo bu ruhiyatga tasir qildi. Yana bir bor aytaman qizlarimiz juda yosh. Bunday o'yinlarda esa tajriba birinchi o'ringa  chiqadi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Bu esa jamoada ishtiyoq  borligini ko'rsatdi. Nasib qilsa yaqin vaqt ichida o'ylagan rejalarmiz amalga oshadi. O'yindan oldin OAV da bu uchrashuv turning markaziy o'yni yoki principiallik haqida aytishdi. Bu o'yinning principialligi nimada ekanligiga hayronman. “Metallurg-W”, “Sevinch”,“Bunyodkor-W” ga qarshi bahs olib borganda principiallik yoki markaziy o'yin deb atasa bo'ladi. Endi shakillanayotgan, yosh jamoaga nisbatan bunday so'zlarni aytish noto'g'ri. Biz debyutant bo'lishimizga qaramay bunday  darajada etiborda bo'lish yoqimli va bu jamoa to'g'ri yo'ldan ketayotganligini anglatadi.  Birinchi marta sobiq jamoamga qarshi bahs olib bordim. Bu esa ruxan qiyin bo'ldi. 5 yil jamoa bilan chempionlik sari birga qadam tashladik. Zamon aylanib endi raqibmiz. “So'g'diyona-W” men uchun yangi tajriba va o'ylaymayki jamoa hali o'z so'zini aytadi. Ishlashda davom etamiz-deydi Babakulov.


- Avvalo Jizzax viloyati futbol federaciyasi va klub raxbariyatiga minnatdorchiligimni bildiraman. O'yin “So'g'diyona” stadionida  juda chiroyli o'tdi. “So'g'diyona-W” yosh jamoa lekin shunday bo'lsa-da munosib qarshilik ko'rsatdi.Yaqin kelajakda bu jamoa hali o'z so'zini aytishiga ishonaman. “Metallurg-W” chempion jamoa. Tarkibda ko'plab futbolchilar  bir necha yillradan buyon to'p tepib kelishmoqda.  Bugungi g'alabada ularning malakasi o'z so'zini aytdi-deydi A.Maksumov.

“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика