So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

SHavkat Saidov: "Metallurg" o'ziga yarasha o'rinni egallashga harakat qiladi" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Metallurg" o'ziga yarasha o'rinni egallashga harakat qiladi"

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan kechiktirilgan bellashuv "Lokomotiv" - "Metallurg" (3:1) uchrashuvidan keyin bekobodliklar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov o'yin haqidagi fikrlari va ikkinchi davra rejalari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi bo'limda ancha tartibli o'ynadik. Ammo shunga qaramasdan asosan "Loko" o'yinni nazorat qildi. Ammo biz ko'plab vaziyatlar tashkil etdik. Qarshi hujumlarda imkoniyatlarga eg abo'lgandik. Qanotlar orqali yaxshi hujumlarni tashkillashtirdik. Zoxid Abdullaevda vaziyatlar yuzaga kelgandi. Gol ham urishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi bo'lim bizning foydamizda yakunlandi. Tanaffusdan keyin esa jamoamiz konsentraciyani yo'qotdik. Ikkita golni himoyachilarimiz etiborsizligi sabab standart vaziyatidan o'tkazib yubordik. Himoyachilarimizning etiborsizligi, javobgarsizligi pand berdi. Bu achinarli holat. Bizda xohish va istak juda kuchli edi. Ammo bu bilan mahoratni juda katta farqi bor. "Lokomotiv" mahorat bobida ustunlik qildi va yakunda g'alaba qozondi.

Jamoamizning har doimgi maqsadi bu har bir o'yinga g'alaba ruhida tushib, uch ochkoni qo'lga kiritish. Qolaversa Bekobod kichkina shahar, shu boisdan ham stadionga keladigan ishqibozlarimizni xursand qilishni istaymiz.
"Nasaf" bilan uchrashuvdan keyingi omadli yurish aslida ancha avval boshlanishini kerak edi. Turkiyadagi yig'indan keyingi optimal formaga "Nasaf" bilan o'yindan keyinkirib olgandik. "Bunyodkor", "Mashal"ga qarshi o'yinlarda penaltilarni urolmaganimizdan keyin ruhan cho'kib qolgandik. O'sha bellashuvlarda jamoamiz o'yin bobida raqibiga yutqazmagan.
Ikkinchi davrada ham ketma-ket g'alabalar qozonib, yakunda turnir jadvalida o'zimizga yarasha o'rinni egallashga harakat qilamiz.

"Lokomotiv"da doim yuqori maqsadlar qo'yiladi. Ularda istalgan payt xohlagan futbolchi bir-birini o'rnini to'ldirishga qodir. "Lokomotiv"da ichki chempionatda bu borada muammo bo'lmaydi. CHunki ularning zaxirasi juda uzun. Masalan Azizbek Amonov degan futbolchini bugun ko'rib turibman. Ushbu yosh istedodli futbolchi agarda bizning jamoada bo'lganida, hozir asosiy tarkibda o'ynardi.

Davralar oralig'ida jamoamiz safida o'zgarishlar bo'ladi. Ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarimiz bor.
7 iyuldan keyin jamoamizga kimlar kelishi va kimlar ketishi malum bo'ladi.

Biz esa ikkinchi davraga tayyorgarlik dastlab CHorvoqda, keyinchalik esa doimgidek CHirchiqda davom ettiriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика