Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidentini mini-futbol bo'yicha Jahon chempionati g'olibligi bilan tabrikladi
03 iyu 14:40
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidentini mini-futbol bo'yicha Jahon chempionati g'olibligi bilan tabrikladi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliev ishtirokida Ozarbayjon va O'zbekiston Oliy Davlatlararo kengashining ikkinchi majlisi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda so'z olgan Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon davlat rahbarini mini-futbol bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasining JCH-2025dagi g'alabasi bilan tabrikladi.
"Ilhom Haydarovich, sizni Ozarbayjon mini-futbol terma jamoasi jahon chempioni bo'lgani bilan muborakbod etaman. Biz katta futbolga bir qadam qolganini ko'rdik va bundan chin dildan xursand bo'ldik", – dedi O'zbekiston rahbari.
Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon terma jamoasi Boku shahrida bo'lib o'tgan mini-futbol bo'yicha Jahon chempionatida g'olib bo'ldi. Finalda terma jamoa Vengriya terma jamoasini 4:2 hisobida mag'lub etdi.
Ozarbayjon poytaxtida o'tgan sport tadbirida jami 32 davlatdan jamoalar ishtirok etdi. Keyingi turnir 2027 yilda o'tkazilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar