So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Eldor Moyliev: "Qiynalib to'p kiritamiz, keyin esa oddiy gol o'tkazamiz" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Qiynalib to'p kiritamiz, keyin esa oddiy gol o'tkazamiz"

Superliga 20-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Navbahor" (3:3) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Tomoshabop o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. Muxlislarimizga oxirigacha qo'llab turishgani uchun rahmat aytaman. Futbolchilarga ham rahmat, hamma borini berib o'ynadi. O'z xatolarimiz tufayli oddiy gollarni o'tkazib yubordik. Qiynalib to'p kiritamiz, keyin esa oddiy gol o'tkazamiz. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, afsuski g'alaba qozona olmadik.

- O'tkazib yuborilgan uchinchi golda darvzabon oldinga chiqib ketdi va xatoga yo'l qo'ydi.

- O'sha vaziyatda darvozabonimiz oldinga chiqmasa ham bo'lardi, chunki himoyachi bor edi. Lekin o'ziga ishonch bilan chiqdi, ammo kichik epizodda xatoga yo'l qo'ydi. Odatda himoyachilar to'p uchun kurash olib borayotgan paytda darvozabonlar chiqmaydi, qolaversa darvozagacha hali masofa uzoq edi. Biz esa raqibga gol sovg'a qildik. 

- Temur Mamasiddiqov bilan Nuriddin Hasanov almashtirilish sababi nimada?

- Temur to'p bilan yaxshi, lekin himoyada ozroq bo'sh o'ynaydi. Biz hisobda oldinda borayotgandik, shuning uchun uni himoyaga yaxshi qo'shiladigan futbolchiga almashtirdik. Nuriddin Hasanov esa mikro jarohat sabab o'ynay olmasligini aytdi, shu bois almashtirdik.

- Kuchli jamoalarga qarshi "Sho'rtan"ning o'yinini qanday izohlaysiz?

- O'tgan tur "Nasaf" bilan ham yaxshi boshlagandik. Gap natijada emas, balki o'zimizga bo'lgan ishonchda. "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yigitlar bilan ko'proq ruhiy tomonlama ishladik. Bizda hammaga kurash taklif eta oladigan jamoa bor, faqat futbolchilar o'z kuchlariga ishonishlari kerak. O'z kuchimizga ishonsak hamma bilan tengma-teng o'ynay olamiz.

- "Sho'rtan" bugun g'alabadan quruq qolishining sababi yuzaga kelgan xatolar tufaylimi?

- Endi ko'p narsa o'zimiz yo'l qo'ygan xatolar bilan bog'liq. Etibor bering, oddiy gollarni o'tkazib yuboryapmiz. Gol urishga kelganda juda qiynalyapmiz. Xursand qilayotgan tomoni, birinchi davradagi o'yinimizga nisbatan hozir ko'proq xavfli vaziyat yaratyapmiz. Faqat vaziyatlardan foydalana olsak bo'ldi.

- Sardor Sadullaev Jo'rabek Mannonov o'rnini to'ldira oldimi?

- Sardor yaxshi futbolchi. U "Nasaf" bilan ham yaxshi o'ynagandi. Bugungi uchrashuvda faqat bir marta xatoga yo'l qo'ydi. U birga bir vaziyatlarda to'pni raqibdan olib qo'ydi. Himoyachi sifatida o'z ishini yaxshi bajardi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика