So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  11 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

SHavkat Saidov: "Bugungi "Neftchi"ni taniy olmadim" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Bugungi "Neftchi"ni taniy olmadim"

“Neftchi” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvidan keyin mehmonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ajoyib o'yin guvohi bo'ldik. Ikkinchi goldan so'ng himoyaga etibor qaratdik. Mavsumni omadsiz boshlagandik, hozir esa ketma-ket to'rtinchi o'yinda g'olib chiqdik. Bugun raqibdan ustunlik qildik. Biz mavsum boshida oqsagandik, hozir shunday vaziyat "Neftchi"da bo'layapti deb o'ylayman. Ikkinchi davrada Farg'ona klubi bunday vaziyatdan chiqib ketishiga tilakdoshman.

Zohid Abdullaev uch yoki to'rtta gol urishi mumkin edi. Hujumchimizda deyarli har bir o'yinda kamida ikkita yuz foizli vaziyatlar bo'ladi. So'nggi vaqtlarda o'zini ko'rsatmoqda. Bugunga kelib gollari soni 5taga etdi. Ikkinchi davrada yanada ko'proq gol kutamiz.

Bugungi o'yinda "Neftchi"ni taniy olmay qoldim. Bu jamoa katta tarixga ega bir necha bor chempion bo'lgan. Farg'onadan uncha muncha jamoalar ochko olib keta olmasdi. Vadim Abramovga biroz vaqt kerak. Bunday vaziyatdan olib chiqib ketishiga ishonaman", - deydi SHavkat Saidov. 

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика