So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  37 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

SHavkat Mirziyoev OFK rahbarini qabul qildi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev OFK rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 16 sentyabr kuni Osiyo futbol konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O'zbekiston va OFK o'rtasidagi samarali sheriklik mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani va izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

O'zbekiston 1994 yildan buyon konfederaciya azosi hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu tashkilot bilan birgalikda futbolni rivojlantirish, jumladan, hududlarda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish va mavjudini rekonstrukciya qilish, yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlash, ayollar futbolini taraqqiy ettirish, muhim xalqaro musobaqalarni o'tkazish, texnik ko'mak bo'yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ko'plab tadbir va dasturlar amalga oshirilmoqda.



Uchrashuvda Osiyo futbol konfederaciyasi bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qita birinchiliklarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Konfederaciya O'zbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy taminot, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda ko'magini davom ettirishi muhim ekani takidlandi.


OFK prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O'zbekistonda ommaviy sportni targ'ib etish borasida amalga oshirilayotgan siyosatni, jumladan, futbol rivoji qo'llab-quvvatlanayotganini yuksak baholadi.

SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Osiyo futbol konfederaciyasi O'zbekiston bilan keng ko'lamli sheriklikni rivojlantirishda qatiy ekani hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini takidladi.

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика