So’nggi yangiliklar

09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  0 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  2 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  9 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  5 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  3 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  14 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  4 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8

SHahboz Jo'rabekov: "Terma jamoada o'ynash uchun..." Yangiliklar

SHahboz Jo'rabekov: "Terma jamoada o'ynash uchun..."

FIFA kunlari tufayli Superligada tanaffus yuzaga kelgani uchun nigohlar Kapadze va Katanec boshchiligidagi terma jamoalarga qaratilgan.

Biz esa "So'g'diyona" futbolchisi SHahboz Jo'rabekov bilan milliy chempionatimiz haqida suhbatlashdik. So'nggi yillarda Ulug'bek Baqoevning ishonchiga kirib, o'ng qanotni o'z nomiga "rasmiylashtirgan" 25 yoshli himoyachi tanaffusdan keyin yanada kuchliroq bo'lib qaytmoqchi...

— SHahboz, Superliganing joriy mavsumi oldingilaridan farq qilyaptimi?

— Albatta. Bu yilgi chempionat oldingilariga nisbatan yaxshiroq tasavvur paydo qilyapti. Jamoalarning barchasi deyarli bir xil kuchga ega. Buni turnir jadvalidagi zichlikdan ham anglab olish qiyin emas. Har turda bir nechtadan markaziy uchrashuvlar bor. CHempionlik uchun kurashadigan klublar soni oldingi yilga nisbatan ko'paygan. Bu o'yinlarni ozmuncha qiyinlashtirdi.  

— O'tgan mavsumda SHahboz Jo'rabekov o'zini qaytadan kashf qildi. Bu yilgi maqsadlar qanday?

— Nafaqat men, balki butun "So'g'diyona" jamoasi boshqattan kashf qilindi. Biz 29 yil deganda 2-o'rinni qo'lga kiritdik. Endi esa yana bir qadam oldinga tashlamoqchimiz. Oldinda bizni OFK kubogi kutib turibdi. Jizzax ahli uchun 2022 yil unutilmas bo'lib qolishiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

— Bir qator muxlislar sizni terma jamoada ko'rishni xohlayapti. Hozir davom etayotgan yig'in uchun Katanecdan taklif kutganmidingiz? 

— Bu haqda o'zim ham ko'p eshityapman, ijtimoiy tarmoqlarda o'qiyapman. Rosti, istalgan futbolchi uchun bu kabi iliq fikrlar juda yoqimli. Lekin hozir chaqiruv kelmaganining sababi o'zimman. Demak, u darajaga chiqish uchun juda ko'p mehnat qilishim, ter to'kishim kerak...

Yashirmayman, bu yilgi maqsadlarim orasida terma jamoa libosida o'ynash ham bor. Nafaqat chaqiruv olmoqchiman, balki u erda asosiy figuralardan biriga aylanishni maqsad qilganman. Nasib qilsa, bir kun, albatta, taklif tushadi va o'shanda jamoaning doimiy vakiliga aylanish uchun borimni beraman.

— "So'g'diyona"ning o'yin uslubi haqida turlicha fikrlar bor. Siz Baqoev Jizzaxda qo'llayotgan uslubga qanaqa tarif berolasiz? 

— Bazilar jamoamizni faqat himoyada o'tiradi, o'yini yo'q deb hisoblaydi. Bu fikrlarga qo'shilmayman. Biz vaziyatdan kelib chiqib, turlicha uslublarda to'p tepamiz. Masalan, so'nggi 2 o'yinda 7 ta gol urdik. Endi ham "So'g'diyona" hujum qilishni bilmaydi, deya olasizmi? 

— Eng yaxshi tanqidchingiz kim?

— Eng yaxshi tanqidchim otam hisoblanadilar (malumot uchun, SHahboz Jo'rabekov o'z davrida "So'g'diyona", "Mashal" va "Dinamo" sharafini himoya qilgan Qobil Aliqulovning farzandi — tahr.). Har bir o'yindan keyin o'sha kunning o'zida mening harakatlarimni tahlil qilib beradilar. Rosti, shu paytgacha dadamdan ijobiy baho ololmadim (kuladi). 

— Baqoev jamoasida har doim tajribali futbolchilar bo'ladi. Masalan, afsonaviy Hasanov bilan elkama-elka to'p tepish qanday?

— Men bundan faqat va faqat faxrlanaman. "So'g'diyona"da o'zbek futbolida iz qoldirgan ko'plab futbolchilar bor. Jasur Hasanov, Artyom Filiposyan, Marat Bikmaev yoki Bahodir Nasimov bilan birga o'ynash kishiga qo'shimcha kuch beradi. Ular har bir mashg'ulot yoki o'yinlardan keyin bizga qimmatli maslahatlar berishadi. Kerak paytlarda koyib qo'yishadi. Allohdan bizga ham akalarimizning yo'lini berishini so'rab qolaman. 

— SHahboz Jo'rabekov faoliyatidagi keyingi bosqich qanday bo'ladi? 

— Bu haqda to'liq o'ylab ko'rganim yo'q. "So'g'diyona" bilan yil oxirigacha shartnomam bor. Hozir faqat Superliga va OFK kubogi doirasidagi o'yinlar haqida o'ylayapman. Nasib qilsa, albatta, chempion bo'lamiz. Keyinroq o'zimni xorijda ham sinab ko'raman.

— O'zbekistonlik eng kuchli markaziy hujumchilar uchligini sanab bering.

— Superligada SHohruz Norxonov va Husayn Norchaev, legionerlardan SHomurodov bilan Sergeev. Agar kimnidir unutgan bo'lsam, oldindan uzr.

— Ayni paytda jahonning eng ko'chli o'ng qanot himoyachisi kim?

— Menimcha, ayni paytda 3 nafar futbolchi bir xil saviyada bo'lib turibdi. Bular: Trent Aleksander-Arnold, Joau Kanselu va Dani Karvaxal.

— SHahboz, suhbat uchun rahmat. Faoliyatingizga omad, o'zingizga baxt tilaymiz.

— Etibor uchun sizga rahmat. Fursatdan foydalanib, futbol muxlislariga ham barcha samimiy tilaklarni bildiraman. Yaxshi kunlar yaqin. Katta g'alabalar uchun o'zingizni ehtiyot qiling!

SHohruz Norxonov terma jamoa, "Paxtakor", Anzur va Aliqulov haqida gapirdi

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика