Aleksandr Xomyakov: "Ochig'i, nima deyishga ham hayronman"
10 dek 19:10
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Ochig'i, nima deyishga ham hayronman"
Shunday qilib "Xorazm" Superligada qoladigan, "Buxoro" esa o'z imkoniyatini oxirgi bosqichda sinab ko'radigan bo'ldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Ochig'i, nima deyishga ham hayronman. Afsuski, mavsum biz uchun hamon davom etmoqda. Superligada qolishimiz uchun yana bitta imkoniyat qoldi. Birinchi taymda hartugul yaxshi harakat qildik, lekin ikkinchi bo'limda bo'sh zonalar ko'p bo'ldi, bu esa raqibga yanada maydonni kengaytirdi. Ikkita gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradik. Hozir mag'lubiyatni izohlab berish men uchun juda qiyin bo'lyapti.
- "Buxoro" pley-off so'nggi bosqichini safarda "Aral"ga qarshi o'tkazadi. Malumki, "Aral" suniy maydonda to'p tepadi, bu "Buxoro" futbolchilariga muammo tug'dirmaydimi?
- Nukusda oson bo'lmasligi aniq. Umuman har bir uchrashuv biz uchun og'ir o'tyapti. Maydon holatini albatta inobatga olamiz. O'ylaymiz va shunga qarab tayyorgarlik ko'ramiz. O'ylaymanki, buning uchun bizda vaqt bo'ladi. Boshqa yo'limiz qolmadi.
- Bugun jamoangiz muxlislar tomosha qilsa arziydigan o'yin ko'rsatdimi?
- Yo'q, albatta. Biz umuman o'zimizni ko'rsata olmadik. Yutqazib qo'ydik va imkoniyatni oxirgi bosqichga qoldirdik. Bundan hech kim xursand emas. Eng avvalo jamoamiz muxlislari xafa. Endi bo'lsa Nukusda g'alaba qozonib hammani xursand qilishimizga to'g'ri keladi.
- Bilol Tuplievning o'yini haqida fikringiz?
- U gol urdi, lekin bu gol bizga foyda keltirmadi. Tupliev yaxshi futbolchi, bugun ham astoydil harakat qildi. Bizga jarima maydonchasi yaqinida yaxshi o'yin ko'rsatadigan futbolchi kerak edi va Tuplievni asosiy tarkibda tushirdik.
- Aziz Amonov va Izzatilla Po'latov bugun zaxiradan o'yinga qo'shildi.
- Azizni ikkinchi taymda tushirish rejamizda bor edi. Undan o'yinga qo'shilib kuchaytirishini kutgandik. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib ustunlik raqib tomonga o'tdi va biz maydon markazini boy berdik. Shundan so'ng to'pni o'zimizda saqlashga harakat qildik. Po'latov haqida nima deyish mumkin? Chap qanotda muammolar yuzaga kela boshladi va shu muammoni yopish uchun Po'latovni maydonga tushirdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar
65 млрд спета жалка в таком команде позор просто
( Шава позор тебе не стыдно)