So’nggi yangiliklar

10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  1 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7

SHahboz Erkinov: "Pro liganing saviyasini ancha past deb o'ylardim" Yangiliklar

SHahboz Erkinov: "Pro liganing saviyasini ancha past deb o'ylardim"

"Andijon" futbolchisi SHahboz Erkinov may oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlanganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lganingiz bilan tabriklayman. O'tgan oydagi natijalar borasida nima deya olasiz?

-  Eng asosiysi, omadli keldi. Omadga yarasha o'zimiz ham harakat qildik. Qolaversa, Xudo ham barakasini berdi. Muxlislarga alohida rahmat. Ishqibozlarimiz – bizning yarim kuchimiz. Menga ovoz bergan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bu erda kim eng yaxshisi bo'lgani emas, muhimi, jamoaning yutug'idir. Yutaversak, bosqichma-bosqich oldimizga qo'yilgan vazifaga erishamiz. SHaxsan menga “Andijon”ning g'alabasi juda muhim. Bu erga vazifani bajarish uchun kelganmiz. Bunaqangi muxlislarga Superligada albatta jamoa bo'lishi shart-da!

-  May oyida gollar urdingiz va golli paslarni ham amalga oshirdingiz. SHulardan kelib chiqib, eng yaxshi futbolchi bo'lishingizni o'ylaganmidingiz?

-  Kutmaganman desam ham bo'lmaydi. Mening ishim shunaqa-ku. Hujumchining vazifasi gol urish, jamoasiga foyda keltirish. Biz “Andijon”ga yordam berish uchun kelganmiz. Xudoga shukr, yuzimiz yorug' bo'lyapti. Ammo har doim siz o'ylagan narsa o'xshayvermaydi. May oyida o'xshadi. Xudo nasib qilsa, yil davomida barcha o'ylaganlarimiz o'xshasin deyman. 

-  Doimiy ravishda elitada to'p surgan futbolchi sifatida ilk bor pro ligada o'ynayapsiz va daraja qanday?

-  Oldinlari faqat televizorda ko'rardim va eshitardim. Ammo o'zimda his qilib ko'rmagandim. To'g'risi, pro liganing saviyasini ancha past deb o'ylardim. Biroq o'zim bu erga kelib o'ynab ko'rganimdan keyin fikrim o'zgardi. To'g'ri, Superliga mavqeida emas. Biroq men o'ylaganchalik past emas ekan. O'yinlar juda qiyin o'tyapti. Ayniqsa, raqobatchilar bilan o'ynaganda oson emas. Maksimal darajada ikki barobar kuch ishlatishga to'g'ri keldi. 4 ta o'yinda 10 ochko oldik. 

-  Futbolchilik faoliyatingiz mobaynida mana shunday shaxsiy sovrinlarga ega bo'lganmisiz yoki bu birinchisi bo'ldimi?

-  Yana qaerda o'tkaziladi? Boshqa klublarda oyning eng yaxshi futbolchisi uchun so'rovnoma o'tkazilmasa ham kerak. Superligada oy laureatlari o'tkaziladi. “Andijon”da muxlislar o'rtasida ovoz berish jarayoni yo'lga qo'yilgan. Boshqa jamoalarda ko'rmaganman. Ilgari Krasnickiy klubiga azo bo'lganman, 100 ta gol urib. 2016 yili “Nasaf”da edim, o'shanda adashmasam 100-golimni safarda “Qo'qon-1912”ga urganman. Darvoqe, “Navbahor”da o'ynaganimda 2014 yoki 2015 yili muxlislar menga mavsumning eng yaxshi futbolchisi degan alohida sovg'a berishgandi. 

-  Eng yaxshi o'yinchi bo'lgach, bunday etibor sizga qanday masuliyat yuklaydi?

-  Bu meni xursand qiladi. Harakatlarimiz zoe ketmayotgani, muxlislarning etirofi, bularning barchasi bizga kuch beradi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика