So’nggi yangiliklar

14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  3 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  3 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  15 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4

“Sevinch” PFKning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Sevinch” PFKning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

O'z tarixida o'n ikkinchi O'zbekiston chempionligini, to'qqiz karra O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan “Sevinch” jamoasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimi “Geolog” madaniy va sport sog'lomlashtirish majmuasi hududidagi “Delfin” restoranida o'tkazildi.

Taqdirlash marosimida “Sevinch” professional futbol klubi prezidenti, “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” masuliyati cheklangan jamiyati direktori O.SH.Temirov va bosh homiy tashkilotining rahbar xodimlari, O'zbekiston Futbol Federaciyasining ayollar futboli bo'yicha koordinatori A.B.Fayziev, viloyat hokimligi vakillari, “Nasaf” PFK, “SHo'rtan” PFK hamda “Mashal” PFK rahbarlari, shuningdek boshqa mehmonlar hozir bo'lishdi.

Taqdirlash marosimida klub prezidenti O.SH.Temirov so'zga chiqib, “Sevinch” jamoasining bu yilgi mavsumda qo'lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi.

Taqdirlash marosimida futbolchilarga va murabbiylarga chempionlik oltin medallari va O'zbekiston ayollar futboli asosaciyasining 1-darajali diplomi tantanali ravishda topshirildi.



Ettita nominaciya bo'yicha g'oliblarga maxsus yorliqlar va esdalik sovg'alari ham topshirildi.

“Sevinch” jamoasining 2016 yilgi mavsumdagi “Yil kashfiyoti” nominaciyasiga – Maftuna SHoyimova, “Eng yosh hujumchi” nominaciyasiga – Malika Burxanova, “Eng yaxshi darvozabon” nominaciyasiga – Olga Kaxarova, “Eng yaxshi himoyachi” nominaciyasiga – Kamola Riskieva, “Eng yaxshi yarim himoyachi” nominaciyasiga – Feruza Turdiboeva, “Eng ko'p maydonga tushgan o'yinchi” nominaciyasiga – Zumrat Nazarova va “Eng yaxshi to'purari” nominaciyasiga jamoa sardori va hujumchisi – Zebo Jo'raevalar sazovor bo'lishdi.

Tantanali marosimda “Nasaf” PFK bosh menedjeri – SH.S.Yarulin, “SHo'rtan” PFK bosh direktori SH.M.Namozov, “Mashal” PFK sport direktori A.R.Yumangulovlar “Sevinch” jamoasini bu yilgi yutuqlari bilan samimiy tabriklashib, klub nomidan esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Marosimda “Sevinch” professional futbol klubi menedjeri N.N.Xalilov va jamoamiz bosh murabbiyi V.N.Xanlar bosh homiy – “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatiga klubimiz nomidan tashakkurnomalar topshirishdi.

Taqdirlash marosimi ko'tarinki kayfiyatda – xursandchilik va o'yin-kulgu bilan bo'lib o'tdi.


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика