Serxio Ramos: "Barchasi soniyaning kichik lahzasida o'zgarib ketishini oldin ham ko'rdik"
26 iyu 2018 11:30
Yangiliklar
Serxio Ramos: "Barchasi soniyaning kichik lahzasida o'zgarib ketishini oldin ham ko'rdik"
Ispaniya termasi sardori Serxio Ramos jamoasining Rossiya mundialidagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Guruh bosqichi biz uchun oson o'tmadi, biroq oldimizda qiyin raqiblar kutib turibdi. O'yinimizni yaxshilashga intilamiz. Biz oldin qanday bo'lgan bo'lsak, hozir ham shundaymiz. Ko'plab gollar urishga umid qilamiz.
So'nggi soniyalarda barchasi o'zgarib ketadi. Germaniya Meksikaga qaysi vaqtda gol urganini ko'rdingiz. Bu chempionat barcha uchun qiyin o'tmoqda. Barcha jamoalar g'alaba qozonishga qodir", - dedi Ramos.
Fikrlar