So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  24 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Sergey Lushchan: "Abror Ismoilov Leo Messi yoki Ronaldino emas" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Abror Ismoilov Leo Messi yoki Ronaldino emas"

Superliganing 22-turi doirasida "Metallurg" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida qatnashdi.

- G'alaba qozondik, bu asosiysi. Qolgan gaplarni ko'p gapirish mumkin. Yigitlar bugun 1000 foiz kuchi bilan o'ynashdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman. Deyarli butun o'yinni 10 kishi bo'lib o'ynash juda og'ir. Biz uchinchi marta shekilli, 10 kishi bo'lib o'yinni yakunlayapmiz. Balki o'yinni 10 kishi bo'lib boshlash kerakdir, bilmayman. Asosiysi yutdik. O'yinda vaziyatlarimiz bo'ldi. Yarimta yoki to'liq vaziyatlarimiz bo'lgan bo'lsa-da, faqatgina bitta gol urdik.

- Filipp Ivanovich nega asosiy tarkibda maydonga tushmayapti?

- Uning jarohati bor. U Toshkentda davolandi. Kecha ilk marta mashg'ulot o'tkazdi.

- Keyingi o'yinlarda uning maydonga tushish ehtimoli bormi?

- Bilmayman, ko'ramiz. Oldin u o'yinga tushishga loyiqligini ko'rsatish kerak. Mashg'ulotlarda yaxshi shug'ullansa, tushadi. Bo'lmasa yo'q. Hech kimning joyi kafolatlanmagan. Kim mashg'ulotlarda zo'r bo'lsa, o'sha o'ynaydi.

- "Navbahor" bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin kuchliroq ko'rinmoqda.

- Yo'q, unday bo'lmadi. SHunchaki futbolchilarning etibori yanada oshadi. Bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin ruhiyat birinchi o'ringa chiqadi. Vazifaga qancha yaxshi yondashsa, ishlar yaxshi ketadi. Yigitlarda shu sifatni yaxshilashga harakat qilyapmiz. Ayrim futbolchilarda shunday taassurotlar bor, ular o'zlarini raqiblaridan bir bosh ustun deb hisoblashmoqda va ishlarning yarmini bajarishyapti. Ular istalgan paytda g'alabani ilib ketishni o'ylashmoqda. Hozirgi paytda raqiblarimiz bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatishyapti. Vaziyatlar yaratyapmiz, lekin himoyani yorib o'tish, gollar urish oson bo'lmayapti. SHu sababli barchasini ruhiyatga bog'liq deb hisoblayman. Savolingiz bo'yicha aniq bir nima deya olmayman. Lekin bizdagi muammo ruhiyat bilan bog'liq deyishim mumkin. Ilk kundanoq "Navbahor"ning bir qancha futbolchilari yuqori darajada ekanligi ko'ringan. SHu sababli o'yinlardan oldin ular bilan gaplashib, mahorat evaziga hamma o'yinda ham g'alaba qozonib bo'lmasligini, ishlash, mehnat qilish kerakligini tushuntirganmiz.

- Abror Ismoilovning keyingi o'yinlarda bo'lmasligi "Navbahor"ga qanchalik tasir qiladi?

- Hech qanday. Istalgan futbolchini almashtira oladigan zaxiramiz bor. Abror Ismoilov - bu Abror Ismoilov. U Leo Messi yoki Ronaldino emas. Bizda jamoa bor va u bir futbolchining atrofiga qurilgan va bu Abror Ismoilov emas. Termada ham asosiy futbolchilar bo'lmasa o'yin o'zgarmaydiku. Biz jamoaviy o'yinni qurishga harakat qilyapmiz. Hujumdagi va himoyadagi surat ko'rinishni boshlamoqda. Jamoalar biror futbolchining atrofida ham o'yinni qurishadi. Abror yaxshi futbolchi, lekin u hali tajriba orttirishi kerak. Abrorsiz o'yinimizda o'zgarish bo'lishini kutmayapman. Ha, yomon holat bo'ldi. Asosiy tarkib futbolchisini yo'qotdik. Lekin bu kelgusi o'yinda kuchsizroq bo'lamiz degani emas. Biroq muammo bunda emas. Har bir o'yinda biz raqibdan ko'ra ko'proq vaziyat yaratamiz, afsuski, foydalana olmaymiz. Bu asosiy sabab. Agarda raqamlarga qaraydigan bo'lsak, bu kulgili bo'lishi mumkin. Yaratgan vaziyatlarimizdan 20 foizini golga aylantira olganimizda balki biror o'yinimizda hatto durang ham o'ynamagan bo'lardik. Ikki metrdan gol ura olmasak, yana nima qilish mumkin. Bu erda gapiradigan narsalar ko'p.

- Uchinchi o'ringa kurashish uchun imkoniyatlar etarlimi?

- Ko'ramiz. Bu futbol, bu o'yin. Oldindan bashorat qilish qiyin. Barchasi natijalarga, vaziyatlardan gol urishimizga bog'liq. O'tgan o'yinda 35 metrdan gol urib, hisobni tenglashtirdik, bugun esa 2 metrdan gol ura olmayapmiz. Gol o'tkazishimiz esa osongina bo'lmoqda. Darvozamiz yonida standart bo'lsa bo'ldi. SHukurki, bugun raqiblarga gol urish uchun imkon bermadik. Istalgan burchak zarbasi gol bo'lmoqda. Buni ishlab chiqish qiyin. SHunchaki raqibning darajasiga bog'liq.

- "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" tarkibining 80 foizi mahalliy futbolchilardan tashkil topishi va yosharishi aytilgandi. Bu "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin aytilgan gapmi yoki kelishingizdan oldingi?

- Sizlar noto'g'ri eshitgansizlar. Bu vazifa. Ha, rahbariyat kelasi yili tarkibda mahalliy, o'zimizdan chiqqan futbolchilar bo'lishi kerakligini aytdi. Demak, biz Namangan va Farg'ona viloyatidan ko'proq futbolchilar olib, uzoqroq viloyat va legioner futbolchilardan qochib, asosan mahalliy kollektiv shakllantirmoqchimiz. Bu to'g'ri yo'nalish. Biz raqiblarga qaraydigan bo'lsak, har bir jamoada bir necha nafardan namanganlik futbolchilar bor. Buni men ham, rahbariyat ham tushunmadi. Ayrim namanganlik futbolchilar borki, hozir jamoaga kerak. SHartnomam yil oxirigacha. Agarda buni uzaytiradigan bo'lsak, barchasini ko'rib chiqamiz. Nima bo'lgan taqdirda ham, o'rnimda kim ishlasa ham bu viloyat futbolchilarini yig'ishi kerak. Ular jamoa uchun kerakli futbolchilar bo'ladi.

Ha, ilk kunlardanoq menga shunday topshiriq berilgandi. Kubokka katta etibor berish ham kerak edi. Kelasi yili tarkibda 80 foiz futbolchilar mahalliy bo'lishi yo'lida ishlayapman. Buning uchun bir qancha moliyaviy muammolar bor. Hozir legionerlarga pul to'lash oson emas. Bir vaqtlar "Bunyodkor"da ishlaganimda ham shunday muammo bo'lgandi. Legionerga mahalliy futbolchilarning narxida pul to'lanardi. Nega? Legioner kelyaptimi demak, daraja uch bosh baland bo'lishi kerak. Demak, bunday futbolchi olib kelinmasa, mahalliy futbolchilar bilan o'ynagan maqul. Menga hozir shu yo'l yoqyapti.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика