So’nggi yangiliklar

02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  1 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  0 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  42 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  22 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  9 19:18Суперлига. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6

Sergey Lushchan matbuot anjumanida Sardor Rashidov qachon safga qaytishini aytdi Yangiliklar

Sergey Lushchan matbuot anjumanida Sardor Rashidov qachon safga qaytishini aytdi

"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan (2:2) so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.




Lushchan: "Vaziyatlardan foydalana olmagan navbatdagi o'yinimiz... Juda katta ustunlikka ega bo'ldik, ammo penalti va bitta harshi hujum ortidan ikkita gol o'tkazib yubordik. Vaziyat yaratamizu, biroq undan foydalanmaymiz".

- Tojiddinovda bugungi bahsda hayajon sezildi va u ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi.

- Messida ham hayajon bo'ladi. Yigit yaxshi futbolchi, asosiy maqsadimiz tarkibni yoshartirish va kelasi mavsum tarkibda 90% tarbiyalanuvchilarimiz to'p tepishi. Afuski, transfer bani tufayli tarkibni kuchaytira olmadik. Ikkinchi sabab: Mahalliy futbolchilarning barchasida shartnoma bor. Tojiddinov iqtidorli yigit, unda hayajon ko'rmadim.

- Lushchan jamoa bilan necha yillik bitim imzoladi va uning oldiga qanday maqsadlar qo'yildi?

- Avvalgi murabbiy oldiga qanday maqsadlar qo'yilgan bo'lsa, hech narsa o'zgargani yo'q. Har bir bahs biz uchun oxirgisi. SHartnomamga keladigan bo'lsak, u yil oxirigacha.

- Tarkibni yoshartirmoqchi ekansiz, Namangandagi qisqa vaqtingiz ichida viloyatdagi boshqa jamoalar, akademiyalarga borib, o'yinlarni ko'rdingizmi?

- Albatta, 2-3 marta bordim, quyi ligalardagi bahslarni kuzatyapman. Namanganda iqtidorli yigitlar ko'p, faqat muammo shundaki - agentlar yigitlarni... Oliy liganing ko'plab jamoalarida etakchi rollarda namanganliklar bor, nega ular "Navbahor"da emas? Buni kimdir tushintirib bera oladimi. Ularni olib kelolmaymiz, futbolchilarning shartnomasi bor.

- Jamoa bugungi bahsda ko'plab vaziyatlar yaratdi, ammo yakunlashda muammolar bo'ldi. "Navbahor"ga nima etishmayapti?

- O'yinni raqibdan kelib chiqib tashkil qilamiz, ular ham shunday. Keyingi raqib ham syurprizlar taqdim qilishi mumkin. Bunday o'yinlarda g'alaba qozonish uchun Rashidovdek o'yinchi kerak. 2-3 kishini aldab o'ta oladigan va gol uradigan futbolchi etishmadi. Hozircha bori bilan ishlayapmiz, ammo ular ham asta-sekinlik bilan kuchayib borishyapti. Hal qilish kerak bo'lgan muammolar bor, biroq hammasini bir urinishda hal qilolmaymiz.

- Rashidov haqida gapirdingiz, Sardor Rashidov va Ibrohim Yo'ldoshevlarning tiklanishi haqida malumot bera olasizmi?

- Yo'ldoshev? Uni ko'rganim yo'q, xabarim yo'q. Tabatadze hozir individual tartibda davolanyapti. 1 oyda u umumiy guruhga qaytadi deb o'ylayman. Rashidov operaciya qilindi, bugun suhbatlashdim. U 1-1.5 oylardan so'ng umumiy guruhga qo'shilishi mumkin. Bor futbolchilardan foydalanamiz.

- O'zbekiston Kubogi yarim finaliga qura tashlandi va navbatdagi bahs "Paxtakor" bilan ekan.

- Raqib kim bo'lishining farqi yo'q, men uchun har bir bahs xuddi oxirgi o'yindek. Jadvalga ham qaramayman. Har bir o'yinni so'nggi uchrashuvdek ko'raman.

- "Navbahor" yana ochko yo'qotdi. Vaziyatlardan foydalanishga nima halal beryapti?

- Hech narsa. Bizga mahorat etishmayapti. Hozircha bu yigitlarda mahorat yo'q. Ular gol urishi uchun 10ta vaziyat kerak bo'lyapti. Bizga esa 1ta vaziyat va 1ta gol kerak. Aynan shuning ustida ishlayapmiz. Bu tug'ma bo'lmaydi, ishlash kerak. Bor vaziyatlarning 30%dan foydalanishga umid qilaman. Hozircha 10%dan foydalanyapmiz. Lobanovskiy bir paytlar ushbu gapni aytgan edi: "Jamoa bilan tanishish uchun 3 oy kerak, futbolchilarning psixologiyasi va sifatini bilish uchun 6 oy, yangi jamoa yaratishga esa 3 yil kerak". Hozir vaziyat shunday.

- 2021 yilning may oyida "SHaxtyor Soligorsk"ga ketdingiz. Qaytganingizdan so'ng avvalgi futbolimiz bilan hozirgisini farqi bormi?

- Terma jamoa muvaffaqiyatiga qarang. Olimpiya terma jamoasi Olimpiadaga yo'l oldi, bu juda katta g'alaba. Yoshlar Osiyo chempioni bo'lishdi. O'zbekiston Rossiya kabi katta mamlakat emas, lekin yigitlar Olimpiadada qatnashishdi. O'z vaqtida biz katta turnirlarga chiqa olmaganmiz. SHaroitlar o'zgargan, bizning vaqtimizda maydonlar loy bo'lardi. Futbol o'syapti. Futbolchilarning mahoratiga keladigan bo'lsak, SHkvirin, Qosimov, Fyodorov, Kechinov kabi o'yinchilar bo'lardi. Hozirchi, hozir ham 3-4 nafar futbolchini sanay olamiz. Har bir davrning o'z yulduzlari bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida o'ynashga munosib.

- Yozgi transfer oynasida legionerlarga taqiq bor edi. Darvozabonlar bo'yicha Sanjar Quvvatov va Eldor Suyunovdan boshqa tanlovlar yo'qmidi?

- O'ynashni istamaydigan futbolchini ushlab tura olmaymiz. Faqat ular rozilik berishdi. Men tanlagan variantni "Navbahor" "ko'tara" olmasa kerak. Klubsiz va xohishi bo'lganlarni tanladik.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика