So’nggi yangiliklar

19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  2 19:05Суперлига. "Динамо" - "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)   8 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  19 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  11 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  17 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  26 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   1 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   8

Sergey Lebedev: "Jahon termasi tarkibida Papen, Matteus, Vea va SHukurlar bilan birga to'p tepish katta baxt edi" Yangiliklar

Sergey Lebedev: "Jahon termasi tarkibida Papen, Matteus, Vea va SHukurlar bilan birga to'p tepish katta baxt edi"

Yaqinda "Buxoro" jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shilgan Sergey Lebedev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Sergey Elefertovich futbolga kirib kelishingiz, ilk qadamlaringiz qanday bo'lgan?

- Futbol bilan bolalikdan oshnoman, u hayotim mazmuniga aylanib ulgurgan. Bolalar jamoalaridan tortib, yoshlar va o'smirlar jamoalarida to'p tepganman. Proffessional faoliyatimni "Turbina" (Brejnev)  va "Dinamo" (Kirov) jamoalarida boshlaganman. Harbiy xizmatni Kirovda  o'taganman. 1989 yili yozda Neftchi jamoasi Kirov shahrida yig'in o'tkazadi va o'sha payt shaxsan Yuriy Vazgenovich meni o'z jamoasiga taklif qilgan. Menga ko'p jamoalardan takliflar bo'lgan. Men esa Farg'onaning "Neftchi" (u paytda "Neftyanik" deb atalgan) jamoasi taklifiga rozi bo'lganman. 

- Siz 1994 yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida  O'zbekiston terma jamoasi bilan chempionlikka erishgansiz. Keling, o'sha damlardagi xotiralarni eslasak...

 - Bilasizmi, turnirga etib kelganimizda  bizni hech kim nazarga ilmagan, qandaydir keraksiz jamoa deb hisoblashgan. O'yindan-o'yinga bizga nisbatan munosabatlari o'zgara boshladi. CHunki, davomli g'alabalar ularni hayratga sola boshlagan edi. Birinchi o'yinda Saudiya Arabiston terma jamoasini 4-1 ga yutdik, so'ngra Malaziyani 5-0. O'shandan keyin biz shunchaki  "sovg'a" emasligimizni anglab etishgandi. Eng qiyin o'tgan o'yin bu Janubiy Koreya bilan yarim final "jangi" edi, juda ham hayajonli bahs bo'lgan. Finalga chiqqanimizdan keyin o'yinga ruhan tayyor edik. Ortga yo'l yo'q edi va biz g'alaba qozonib, Osiyo o'yinlari chempionlariga aylandik. Uni so'z bilan tasvirlash juda ham qiyin. SHu uch hafta ichida ahil inoq jamoaga aylangandik. Xullas zo'r ajoyib davrlar bo'lgandi, deya olaman.

 - Bir qiziq fakt shu paytgacha MDH davlatlari futbolchilari orasida Jahon terma jamoasida to'p tepgan yagona futbolchisiz. O'sha paytdagi futbol yulduzlari bilan birga to'p tepganda nimalarni his qilgansiz, hayajon bo'lmaganmi?

- Xa, o'ta kuchli hayajon bo'lgan. Aslida meni Osiyo terma jamoasiga taklif qilishgan edi, borganimizdan keyin nimadirlar ro'y berdiyu meni Jahon terma jamoasiga taklif qilib qolishdi. O'ynaysanmi deb so'rashganda, qanday yo'q deyish mumkin bunday taklifga? Jon deb rozi bo'ldim. Men har ikkala terma jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgan edim. Ular o'rtasida juda katta tafovut bor edi. Jahon termasiga qarasak Papen, Matteus, Reyna, Vea, SHukur va boshqa yulduzlar bilan bir safda to'p tepish katta baxt edi. Ular bilan suhbatlar ham boshqacha huzur berardi. Futbolga bo'lgan qarash ularda boshqacha edi.

 - "Buxoro" jamoasida murabbiy bo'lib ish boshlashingiz qanday ro'y berdi?

- Davron Orifovich meni va Anvar Berdievni "Buxoro"da birga ishlash taklifi bilan chiqdi. Albatta bunday takliflarga ijobiy qarayman. Rozilik  berdim. Qolaversa "Buxoro"dek o'tmishi bor va kelajagiga ishonadigan klubda ishlash hammagayam nasib etavermaydi. Jamoaning maqsadi meni qiziqtiradi, o'zimni emas, avvalo jamoa manfaati muhim men uchun. Mehnatdan to'xtamaslik kerak, jamoa g'alaba qozonaversa, maqsad sari intilaversa biz murabbiylarning yuzimiz yorug' bo'laveradi. Futbolchilik paytimda ham murabbiylik davrimda ham ustozim Yuriy Vazgenovichni bir gaplari faqat yodimda "Jamoa maydonga chiqdimi hargal xuddiki oxirgi o'yinga tushgandek, faqat g'alabani o'ylashi kerak va natijaga erishishi zarur". 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика