So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Sergey Chigodaev: "CAFA turnirida barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Sergey Chigodaev: "CAFA turnirida barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz"

Xabaringiz bor, Toshkent shahri CAFA U-17 turniriga mezbonlik qiladi.

Bugun mazkur turnir oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev ishtirok etdi. 

"Musobaqada qatgnashadigan terma jamoalarni bu erda ko'rib turganimizdan xursandmiz. CAFA turniri Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat biz balki qolgan jamoalar uchun ham foydali musobaqa bo'lishi tabiiy. Oldinda bizni qiziqarli va murosasiz o'yinlar kutmoqda. Hamma jamoalarga omad tilab qolaman",- deydi Sergey Chigodaev.

- Bu yoshda futbolchilar turlicha holatda bo'lishlari aniq. Ularning ayni paytdagi sport formasi qanday?

- Bizda boshqa jamoalarga nisbatan tayyorgarlik uchun vaqt ko'proq bo'ldi. Bundan unumli foydalandik. Musobaqaga jismonan, ruhan, taktik tomonlama munosib hozirlik ko'rdik deya olaman. Shuningdek bolalarda bu yoshda ruhiyat muhim omil hisoblanadi. Biz buni ham inobatga olgan holda ishladik. 

- Bir xaftada 3 ta o'yin o'tkaziladi. Bu yoshdagi futbolchilar uchun taqvim og'irlik qilmaydimi?

- Birinchi o'yinimizni o'tkazganimizdan so'ng navbatdagi uchrashuvga tayyorlanish uchun 3 kun vaqtimiz bo'ladi. Bizda tiklanish borasida muammo yo'q, barcha sharoitlar yaratilgan. 

- Bunday o'rtoqlik turnirlarida rotaciyalar orqali qolgan futbolchilarni ham ko'rib olish mumkin. Sizning jamoangizda bu boradagi imkoniyatlar qanday?

- Turnirga 20 nafar futbolchi qaydnomadan o'tkazildi. Shunday ekan hammaga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Bunday uchrashuvlar orqali ularda xalqaro o'yin tajribasi shakllanadi. 

- CAFA tasnifidagi musobaqalar Tojikistonda suniy maydonda bo'lib o'tardi. Joriy turnirda futbolchilar Toshkentda tabiiy qoplamali maydonda to'p tepadi. Bu chiroyli o'yin va futbolchilarning o'zini ko'rsatishiga qulay imkoniyatmi?

- Albatta. Tabiiy maydonda jarohat olish ehtimoli kamayadi. Futbolchilar erkin va bemalol to'p tepadi. Buning foydali tomonlari ko'p.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика