Sergey Arslanov "Surxon"dan nima uchun ketdi? Murabbiy barchasini aytdi
16 fev 2024 12:45
Yangiliklar
Sergey Arslanov "Surxon"dan nima uchun ketdi? Murabbiy barchasini aytdi
Biz Sergey Arslanov bilan aloqaga chiqdik va murabbiyning fikri bilan qiziqdik:
- "Surxon"dan ketdi degan xabar chiqdi. Bu qanchalik rost?
- Ha, "Surxon" klubidan ketganim rost. Kecha klub bilan xayrlashdim.
- Bunga nima sabab bo'lganini ayta olasizmi?
- Klub rahbariyati shunday qarorga keldi. Uni muhokama qilishni istamadim.
- Axir 23 dekabr kuni siz bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar chiqqandi.
- Ha, shartnoma uzaytirilgani rost. Endi uni bekor qilish bo'yicha muzokara o'tkazamiz.
- Eshitishimizga qaraganda, sizda o'tgan mavsumdan keyin bir qator takliflar bo'lgandi. Hozir esa mavsum deyarli boshlanmoqda va klub siz bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu sizni xafa qilmadimi?
- Bilasizmi, menga ko'proq "Surxon"dek klubni tark etayotganim alam qildi. Biz bir oilaga aylanib bo'lgandik. Rahbariyatning qarorini esa muhokama qilmoqchi emasman. Takliflarga kelsak, ha, ular bor edi.
Narzulla suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar