So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Serbiyaga jo'nab ketgan Milan Spremoning ilk intervyusi Yangiliklar

Serbiyaga jo'nab ketgan Milan Spremoning ilk intervyusi

Bugun matbuotda “Qo'qon-1912” jamoasining serbiyalik legioneri Milan Spremoning sog'lig'i bilan bog'liq sabab tufayli vataniga jo'nab ketgani xabar qilindi.

Biz o'tgan hafta bolqonlik futbolchi bilan uchrashib, undan intervyu olgandik. Etiborlisi, bu Spremoning ilk intervyusi ekan. 

- Milan, «Qo'qon-1912» bilan shartnoma imzolashingizdan oldin «Mashal» jamoasi ko'rigida ham bo'lgandingiz. Lekin Muborakda qolmadingiz va Qo'qon klubi bilan kelishuvga erishdingiz. Bunga etarlicha sabablar bormidi?

- Ha, albatta. Menga do'stim Darko «Qo'qon-1912» variantini taklif qildi. SHundan so'ng klub rahbariyati bilan uchrashdik, murabbiy bilan gaplashdik va yakunda shartnomaga imzo chekdim. «Qo'qon-1912» jamoasida o'ynayotganimdan xursandman. O'sha payt to'g'ri qarorga kelgan ekanman. Darkodan tashqari yana bir do'stim Marko Milich ham shu erda. O'zimni xuddi uydagidek his qilyapman. Milich ikkimiz Qo'qon klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaganmiz. 

- O'zbekistonga kelganingizga besh oycha bo'lib qoldi. Taassurotlar qanday?

- Tarif qilishganicha bor ekan. Eng muhimi, yurt tinch, insonlari xushmuomala. Sportga, xususan, futbolga hukumat darajasida etibor qaratilyapti. Milliy jamoangiz jahon chempionatlari saralashlarida muntazam ravishda yo'llanmalar uchun asosiy davogarlar qatorida etirof etiladi. Ishonchim komilki, keyingi mundiallar O'zbekiston termasi ishtirokida o'tadi. O'FAning yangi rahbariyati va ular olib borayotgan islohotlardan kelib chiqib shunday fikr bildirish mumkin. Mavridi kelganda, o'zim haqimda qisqacha malumot bersam. Yoshim - 22da, hujum chizig'ida o'ynayman. Bu erga Serbiya Superligasi vakili «Bachka Palanka» jamoasidan kelib qo'shilganman. Faoliyatim davomida Serbiya yoshlar termasi tarkibida Evropa chempionati saralash uchrashuvlarida qatnashganman. SHuningdek, Evropa Ligasi doirasidagi o'yinlarda maydonga tushish ham nasib qilgan.

- Milliy taomlarimiz maqul keldimi?

- O'zbek oshxonasi - butun dunyodagi eng yaxshisi. Ayniqsa, palov, kabob kabi taomlarga mehrim boshqacha. SHashlikni boshqa davlatlarda ham tatib ko'rganman, lekin O'zbekistonda tayyorlanadigani yaqqol ajralib turadi. Birinchi davra yakunlansin, o'zim ham osh pishirishga urinib ko'raman.

- Oshxonamiz «qiynab» qo'ymayaptimi?

- Yo'g'-e, nega endi (kuladi). Darko tong saharda oshga olib borishganini aytib bergandi. O'shanda uning tarifini eshitib, hayratdan yoqa ushlagandim. CHunki shu paytgacha bunday marosimda ishtirok etish u yoqda tursin, hatto eshitmagandim ham.

- Qo'qonlik muxlislar haqida nima deya olasiz?

- Bu alohida mavzu. Ochig'ini aytaman, o'zim to'p surgan klublar orasida qo'qonlik muxlislardek fidoyisini ko'rmaganman. Bu «Qo'qon-1912»da o'ynayotganim uchun aytilayotgan balandparvoz gaplar emas. Umuman olganda, qisqa fursat ichida klub prezidentidan tortib, murabbiylar, futbolchilar, jamoa xodimlari va ishqibozlarigacha men uchun qadrli bo'lib qolishdi. Bir so'z bilan aytganda, biz bir oilamiz!

- Serbiya termasining JCH-2018 final bosqichidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Guruhda yaqqol peshqadam - Braziliya terma jamoasi. Bu haqda gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Ikkinchi yo'llanma uchun esa aynan bizning jamoa asosiy davogar bo'ladi. Lekin SHveycariya termasi ham bu chiptaga ko'z tikkan. Kurash shiddatli kechishi aniq.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика