So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Seni yaxshi ko'ramiz, "Metallurg" Yangiliklar

Seni yaxshi ko'ramiz, "Metallurg"

Teglar :  PaxtakorMetallurg
Bu izhor menga tegishli emas, albatta.

Biroz avval "Paxtakor" klubi o'z maydonida, kutilganidek, "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi. SHunga qaramay, bekobodliklar yaxshi qarshilik ko'rsata olishdi. Biroq g'alaba baribir ko'pchilik faraz qilgan tomonga nasib etdi. SHu tariqa, Superliga dorasidagi ketma-ket 16-o'yinda poytaxtliklarning qo'li baland keldi. 

Toshkent viloyati jamoasi oxirgi marta 7 yil muqaddam, sochimni yonboshga taragancha, kollejdagi darsdan qochib yurgan kezlarimda g'alaba nashidasini surgan.

“Metallurg” (Bekobod) – “Paxtakor” (Toshkent) 2:0

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), F. Yormuhammedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi).

Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

O'zPFL vakili: V. Letkin.

Gol: Murodjon Toshmatov 24, - 1:0 (Javohir Esonqulov). Islom Qobilov 69, - 2:0 (Murodjon Toshmatov)

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov (70. Jahongir Abdumo'minov, 85), 7. Doniyor Odilov (9. Farhod Namozov, 86), 8. Ayubxon No'monov, 11. Farrux SHotursunov, 13. Javohir Esonqulov (19. Ergash Ismoilov, 90+3), 14. Davronbek Karimqulov, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 22. Murodjon Toshmatov, 40. Islomjon Qobilov.

Zaxira: 91. Zafar Safoev, 5. Jasur Ahmedov, 23. SHerzod Jalilov, 77. Saidjon Abdujabborov.

“Paxtakor”: 16. Aleksandr Lobanov, 4. Adnan Oraxovac (48. Timur Tolipov, 77), 5. Akbar Ismatullaev, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Jamshid Iskandarov, 14. Jamshid Boltaboev (17. Akobir To'raev, 89), 21. (s) Kamoliddin Tojiev, 24. Davron Hoshimov, 28. Stanislav Andreev, 55. Jasurbek Xakimov (51. Andrey Sidorov, 46).

Zaxira: 50. Umidjon Xamroev, 3. Hojiakbar Alijonov, 6. Abbos Otaxonov, 32. Jasurbek Yaxshiboev.

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev (36), Azimjon Ahmedov (54), Andrey Sidorov (63).

CHetlatish: Anvar Rashidov (“Paxtakor” murabbiyi, 64).

To'g'ri, bugungi bahsda "sherlar" uchun "raqibga hamla qilish" oson bo'lmadi. Ketma-ket 14 o'yindan buyon kamida ikkita golni hadya qiladigan "Paxtakor" bu safar bitta to'p bilan kifoyalandi. 

O'quvchilik yillarimda direktor xonasiga kirish men uchun qanchalik noxush bo'lsa, "Metallurg" uchun "Paxtakor" stadionga tashrif buyurish shunchalik ayanchli sanaladi. Poytaxtdagi tarxiy maydonda o'tgan 27 ta bahsning birortasida bekobodliklarning qo'li baland kelmagan. Ustiga-ustak shulardan atigi ikkitasida mehmonlar bir ochkoli bo'lishgan. Qolgan barcha bahsda poytaxtliklar tarozi pallasi og'ir tortgan. SHunday ekan, "Metallurg"ni "Paxtakor" yaxshi ko'rmay, kim yaxshi ko'rsin.

Vesko Steshevich shogirdlarini keyingi turda "So'g'diyona" kutib turibdi. Xavfli zonaga yaqin turgan klub bo'lajak raqibining ham sevimli jamoalaridan biriga aylanishni istamasa kerak.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика