So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Semetey Sultanov: "Osiyo Kubogiga chiqish biz uchun katta bayram" Yangiliklar

Semetey Sultanov: "Osiyo Kubogiga chiqish biz uchun katta bayram"

Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimida Qirg'iziston futbol federaciyasi prezidenti ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, Qirg'iziston terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Osiyo chempionatiga chiqdi va bu bilan yon qo'shnilarimiz katta qadam olg'a tashlashdi. Qura marosimi yakuniga etgach, mamlakat futbol federaciyasi rahbari 38 yoshli Semetey Sultanov intervyu berishga rozi bo'ldi.

- Semetey Alimbaevich, avvalambor sizni va butun Qirg'iziston muxlislarini terma jamoangiz o'z tarixida ilk marta Osiyo Kubogiga chiqqani bilan tabriklayman. Ayting-chi, Osiyo Kubogida o'ynash siz va umuman Qirg'iziston futbol federaciyasi uchun nimani anglatadi?
- Tabrik uchun rahmat. Albatta, Osiyo chempionatiga chiqish biz uchun katta bayram bo'ldi. Buning uchun futbolchilarga, murabbiylarga, xullas kim mehnat qilgan bo'lsa barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Osiyo Kubogi har to'rt yilda bir tashkil qilinadigan OFKning eng katta musobaqasi va bu turnirda ishtirok etish biz uchun sharaf. To'g'risini aytish kerak, jamoalar sonini 16dan 24taga etkazilishi bizga katta turtki berdi. Natijada saralash o'yinlarida oxirigacha kurashdik. SHu o'rinda muxlislarimizga ham alohida rahmat aytib qolaman, ular bizni oxirigacha qo'llab turishdi. Mana endi bemalol musobaqaning final bosqichiga tayyorgarlik ko'rsak bo'ladi.

- Nima deb o'ylaysiz, muxlislar Osiyo Kubogida terma jamoadan nimani talab qiladi?
- Muxlislar hamma joyda bir xil, ular faqat eng yaxshisini xohlashadi. Bizda ham shunaqa. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi, shunday ekan, biz ham qarab turmaymiz va chempionatda bor kuch bilan o'ynaymiz. Endilikda federaciya va murabbiylar shtabi o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'ya olamiz. Doim yuqoriga qarab intilish kerak. Osiyo Kubogida doim qitaning eng kuchli jamoalari o'ynaydi. Bu yuqori saviyadagi musobaqa. O'ylaymanki, Qirg'iziston terma jamoasi qarab turmaydi.

- SHu o'rinda Qirg'iziston joy olgan guruh haqida fikringizni bildirsangiz?
- Qura natijalari haqida nima deyishim mumkin? O'ylaymanki, hammasi yaxshi o'tdi. Jamoalar deyarli teng guruhga taqsimlandi. Biz joy olgan guruh haqida gapiradigan bo'lsam, Janubiy Koreya shubhasiz qitaning etakchi futbol derjavalaridan biri. Bu jamoa oxirgi paytlarda muntazam jahon chempionatiga chiqib kelmoqda va Osiyo Kuboklarida faqat chempionlik uchun kurashadi. Xitoy terma jamoasi ham yildan yilga kuchayyapti deya olaman. Mamlakatda futbol rivoji uchun ajratilayotgan mablag' kosmik raqamlarda. Ular nimani xohlasa shuni qilishyapti. Filippin esa biz kabi birinchi marta qita birinchiligida o'ynaydi. Saralash bosqichida bu jamoaga o'z maydonimizda yutqazib qo'ygandik. Endi bo'lsa guruh o'yinida ularni mag'lub etishga harakat qilamiz. Qura paytida eronlik mashhur yulduz Ali Dayi aytdi: agar siz turnirda g'olib bo'lishni istasangiz, raqib tanlamay hammani yutishingiz kerak. Demak, biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rishimiz va imkon qadar yaxshiroq ishtirok etishimiz kerak bo'ladi.

- Quradan oldin sizda mana shu jamoa bilan bitta guruhga tushsak yaxshi bo'lardi degan xayol bo'ldimi?
- Bilasizmi, saralash bosqichida Myanma bilan o'ynashimiz kerak edi. OFK bu o'yinni Janubiy Koreyada tashkil etdi. Biz 5:0 hisobida g'alaba qozondik. Janubiy Koreyaga borganimizda ularning futbol federaciyasi prezidenti bilan ko'rishib, hali ko'rasiz bitta guruhga tushamiz deb aytgandim. Hazil hazil bilan hammasi chinga aylanib ketdi va Koreya bilan bir guruhga tushib qoldik.

- Qirg'izistonda futbolning hozirgi holati qay darajada?
- Og'ir damlarni boshdan kechirgan bo'lishimizga qaramay, futbol sekin-asta kuchayyapti deya olaman. Umuman olganda, sportning bu turi mamlakatimizda birinchi raqamga aylanmoqda. Osiyo Kubogiga chiqqanimizdan keyin futbolga qiziquvchilar soni yanada oshsa ajab emas. SHu o'rinda xohlardimki, buyog'iga hukumatimiz moliyaviy tomondan futbol rivoji uchun katta yordam ko'rsatsa. Ishonasizmi, biz Osiyo Kubogiga juda kam mablag' evaziga chiqdik. Ko'p qiyinchiliklarni ko'rdik. Pul tomonlama muammolar tez-tez ko'zga tashlandi. Endi esa musobaqaning final bosqichida mamlakatimiz hukumati yordamisiz hech narsaga erisha olmaymiz. SHu bois davlatimiz rahbarlaridan futbol uchun federaciyaga va terma jamoaga yordam berishlarini so'rab qolaman.

- Yon qo'shni sifatida O'zbekiston terma jamoasi haqida fikringiz biz uchun qiziq. Bu borada nima deya olasiz?
- O'zbekiston OFKga qo'shilganidan beri har doim eng kuchlilardan biri bo'lib kelyapti. Albatta, qura paytida O'zbekiston joy oladigan guruhni ham kuzatib bordim. Terma jamoangiz bemalol guruhdan chiqa oladi. To'g'ri, guruhda Yaponiya bor, lekin O'zbekiston Yaponiya bilan tengma-teng o'ynay oladi. Tan olish kerak, biz bilan solishtirganda sizlarda futbol ancha ilgarilab ketdi. SHu o'rinda o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga hamda terma jamoangizga keyingi o'yinlarda omad yor bo'lishini tilab qolaman.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика