Semedu: "Ronaldu kam gol urayotgani uning muammosi emas, "Real"niki"
12 dek 2017 17:42
Yangiliklar
Semedu: "Ronaldu kam gol urayotgani uning muammosi emas, "Real"niki"
"Barselona" va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nelson Semedu "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Qirollik klubi" safida kam gol urayotgani haqida gapirdi.
"Ha, Krishtianu ligada avvalgidek ko'p gol urmayapti, ammo u golli paslar uzatmoqda, CHempionlar ligasida darvozalarni ishg'ol qilyapti. Bu uning aybi deb o'ylamayman. Hamma gap "Real"da. Jamoaga nimadir bo'lgan. SHunga qaramasdan, Ronaldu hali ham maydonda bor kuchini beradigan ajoyib futbolchi.
U va Messi bilan birga o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman. Bunday imkoniyatga ega bo'lganlar ko'p emas" - deydi Semedu.
Krishtianu Ronaldu LaLiganing 11ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar