So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Saytimiz xodimi bugun "Inter Sport" bilan Latviyaga yo'l olmoqda Yangiliklar

Saytimiz xodimi bugun "Inter Sport" bilan Latviyaga yo'l olmoqda

Teglar :  LatviyaInter Sport
Saytimiz orqali yoz oylarida "Inter Sport" sport loyihasining Latviyada ko'rikdan o'tkazish uchun futbolchilar o'rtasida tanlov yo'lga qo'ygani haqida xabar bergandik.

Oradan ko'p o'tmay ko'pchilik futbolchilar o'zlarini sinab ko'rish maqsadida tanlovda ishtirok etish xohishini bildirishdi. Tarkib yig'ilgach bir necha kun davomida mashg'ulotlar olib borildi. Bugun kechasi "Inter Sport"ning Latviyada ko'rikdan o'tish niyatida bo'lgan  21 nafar futbolchidan iborat tarkibi xorij safariga yo'l oladi.

"Inter Sport" bilan birgalikda saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqov ham Latviya sari parvoz qiladi. Futbolchilar u erda bir hafta bo'lib, bu orada to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Saytimiz vakili esa voqea joyidan o'yinlar va boshqa yangiliklarni yoritib borishga harakat qiladi.

"Biz Latviyaning Liepaya shahriga boramiz, - deydi X.Xoliqov. - U erga "Inter Sport" bilan borishdan maqsad, birinchi navbatda ushbu jamoaning o'yinlarini yoritish, shuningdek Latviyadagi futbolni o'rganish. Liepaya shahrining shu nom bilan ataluvchi futbol klubi Latviya oliy ligasida ishtirok etadi. Yaqin o'tishning mashhur hujumchisi Maris Verpakovskis hozirda klub prezidenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Agar imkon bo'lib qolsa, u bilan kattaroq suhbat qilish niyatim bor. Safar davomida Latviyada umuman futbolga bo'lgan etibor, chempionat o'yinlari qanday o'tishi, bolalar futboli qay darajada yo'lga qo'yilganini o'rganib, muxlislarga etkazib turishga harakat qilaman. Bundan tashqari eng katta niyatlarimdan biri Yurmalaning "Spartak" klubida faoliyat olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan intervyu tashkil qilish. Agar Samvel Vyacheslavovich intervyu berishga rozi bo'lsa bundan nihoyatda xursand bo'lardim".

Aytib o'tganimizdek, bugun tunda "Inter Sport" 21 nafar futbolchi bilan Latviyaga parvoz qiladi. Quyida futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar: Ubaydulla Inoyatillaev (08.10.1996), Akrom Xo'jaev (10.01.1998), Sardor Tohirov (19.05.1997).

Himoyachilar: Behzod Abdullaev (10.05.1998), Saydullo Toshpo'latov (17.09.1998), Suhrob Nashvanqulov (10.05.2001), Javlonbek Nematov (24.08.1998), Abdurahim Hamzaev (06.04.1996), Amirxon Ibrohimov (14.01.1996), Ikrom Ko'chimov (05.11.1998), Muhammad Mahmudov (04.01.1999), Zahriddin Abduvaliev (31.12.1998).  

Yarim himoyachilar: Asadbek Ro'zimatov (12.01.2001), Eldor Kabirov (10.02.2000), G'iyosiddin Sobirov (09.08.2000), Sardor Fozilov (25.06.2000), Sarvar Abdullaev (21.04.1996), Xayrullo Jakbarov (06.01.1994).  

Hujumchilar: Bekzod Ro'zmatov (01.06.1995), Azizbek Ro'ziqulov (17.04.2000), Husan Rasulov (27.03.1998).

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика