Saudiya Arabistoni JCHda yarim finalni maqsad qiladi
27 fev 23:13
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni JCHda yarim finalni maqsad qiladi
Portugaliyalik mutaxassis moliyaviy tomonlama kelisha olmayotgani bois PSJ bilan shartnomasini uzaytirganicha yo'q. Kampush Saudiya tomonidan tushayotgan taklif sababli parijliklarning moliyaviy shartlari qiziqarlidek tuyulmagan.
O'tgan haftada Kampushning vakillari va JCH-2034ni qabul qiladigan Saudiya Arabistonidan bir qancha amaldorlar uchrashuv o'tkazgan. Luishga 10 yillik shartnoma taklif qilingan va unda umumiy hisobda 200 mln evro maosh ko'rsatilgan. Vazifa sifatida Saudiya Arabistonining o'z maydonlarida o'tadigan jahon chempionatida davogarlardan biri yoki eng kamida yarim finalgacha borish aytilgan.
Kampush shu yilning oxirigacha muhlat olgan. Hozircha u PSJdagi faoliyatidan chalg'imoqchi emas. Lekin tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan.
Kampushda "Arsenal" va "Chelsi" variantlari ham bor. Shuninigdek, "Atletiko" ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar