Sarri: "Kantening harakatlaridan hayron qoldim"
01 sen 2018 07:46
Yangiliklar
Sarri: "Kantening harakatlaridan hayron qoldim"
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri yarim himoyachi Sesk Fabregasning holati borasida malumot berdi. SHuningdek, Ngolo Kante haqida ham gapirdi.
"Seskdan hali ham foydalanib bo'lmaydi. U hozirda basseyndagi mashqlarni bajarmoqda. Keyingi haftaning yakunlariga maydonga qaytishiga umid qilmoqdaman. Uning jarohati borasida nimadir deya olmayman. Hozirda uning tizzasida muammolar bor. Hozircha u yaqin vaqtlarda o'yinga tushishiga kafolat bera olmayman.
Hozirda Jorjino jamoa uchun asosiy futbolchiga aylanmoqda. U mening futbolim qanday ekanligini yaxshi biladi. Ilk navbatda u jamoaga katta foyda bermoqda.
Kante - ajoyib futbolchi, istalgan poziciyada o'ynay oladi. Bu uning uchun muammo emas! Uning texnik harakatlaridan doimo hayron qolaman", - dedi Sarri.
O’xshash yangiliklar
07:10
A Seriya 5-Tur. Qoldirilgan o'yinda Fabregas jamoasi chempionatdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi 0
Fikrlar