So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Sardor Zokirov: "Cementchi" oson o'tmagan mavsum yakunida Birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi" Yangiliklar

Sardor Zokirov: "Cementchi" oson o'tmagan mavsum yakunida Birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi"

Buxoro shahrida tashkil etilgan Birinchi ligaga o'tish o'yinlarida finalga qadar etib borgan Quvasoyning "Cementchi" klubi Birinchi liga yo'llanmasiga ega chiqdi.

Jamoa bosh murabbiyi Sardor Zokirov ortda qolgan mavsum davomida bosib o'tilgan yo'l va amalga oshirilgan ishlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.



"Cementchi" oson bo'lmagan og'ir mavsum o'tkazdi. Jamoamiz tarkibi asosan mahalliy futbolchilardan shakllantirilgan. Tarkibimizda bir nafar nigeriyalik legioner futbolchi harakat qildi.

"Cementchi" Farg'ona  viloyati futbol associaciyasi tomonidan tashkil etilgan viloyat kubogi musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritdi. SHundan so'ng Qarshi shahrida tashkil etilgan "Xududiy kubok egalari kubogi" musobaqsida ishtirok etdik. Jami 9 ta jamoa ishtirok etgan mazkur musobaqada 2-o'rinni qo'lga kiritdik. Bu natija bizga Birinchi ligaga o'tish o'yinlarida qatnashish huquqini berdi.



Buxoro shahrida bo'lib o'tgan o'tish o'yinlari yuqori saviyada tashkil etildi. Biz ushbu musobaqaning finaliga qadar etib bordik va yakunda yangi mavsumdan Birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdik. Jamoamiz ko'rsatgan natijadan xursand bo'lgan futbol muxlislari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bizni Farg'onada ajoyib tarzda kutib olishdi. Yangi mavsumda ham "Cementchi" faqat yuqori maqsadlarni ko'zlagan xolda davom etadi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan klubimiz rahbariyati va jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiraman", – dedi yosh mutaxassis.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика