So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Sardor Rashidov Qatar klubiga o'tishga yaqin Yangiliklar

Sardor Rashidov Qatar klubiga o'tishga yaqin

O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini Qatarda davom ettirishga yaqin turibdi.

Olingan malumotlarga ko'ra, Sardor Rashidov ayni paytda Qatarda bo'lib turibdi. U yaqin vaqt ichida "Qatar SK" klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tadi va jamoa bilan shartnoma tuzadi.

Rashidov bunga qadar Portugaliyaning "Nasonal" klubida o'ynab kelayotgandi. Klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra quyi divizionga tushib ketdi. Rashidov uchun Qatar begona mamlakat emas. U o'z vaqtida "Al Jayish" klubi safida o'ynagan.

Malumot uchun, "Qatar SK" 1959 yil tashkil etilgan. Klub uy o'yinlarini Doxa shahridagi 15 000 muxlisga mo'ljallangan "Suhaym bin Hamad" stadionida o'tkazadi.

Jamoani bugungi kunda argentinalik murabbiy Serxio Batista boshqarib bormoqda. Klub 8 marta Qatar chempioni bo'lgan (so'nggi marta 2003 yil). O'tgan mavsumda "Qatar SK" Qatar Yulduzlar ligasida 12ta klub orasida 11-o'rinni egallab ligada qolish uchun pley-off bahsida maydonga tushdi. Quyi liga vakili "Muayzir"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan "Qatar SK" Superligada qolishga erishgandi.

Qatarda yangi mavsum 21 avgust kuni start oladi. "Qatar SK" 1-turni o'z uyida "Al Duhail"ga qarshi o'tkazadi.


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика