So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  4 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  15 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Sardor Rashidov Portugaliyadan qanday qilib qaytgan edi? 130 ming evro maosh, Deku va Qatarga o'tish voqeasi haqida Yangiliklar

Sardor Rashidov Portugaliyadan qanday qilib qaytgan edi? 130 ming evro maosh, Deku va Qatarga o'tish voqeasi haqida

Kuni kecha "90minutuz" podkastining navbatdagi soni muxlislar etiboriga havola qilindi.

Ko'rsatuvning bu galgi soni Dubayda olib borildi va unda taniqli futbolchi Sardor Rashidov mehmon sifatida ishtirok etdi: 


— Evropaga qiziqqanman, bu xayolimda doim bo'lgan. 2019 yilgi Osiyo Kubogidagi O'monga qarshi o'yindan so'ng Portugaliyadan taklif keldi. O'shanda “Lokomotiv” bilan shartnomam tugagandi. Taklif: oyiga 10 000 evro maosh. Shartnomani mehmonxonada imzoladim. Qarasam 2,5 yillik kontrakt. Yiliga etibor ham bermabman. Ronaldu tug'ilgan shahar, Madeyra oroliga ketdim.  Oilamsiz yura olmayman. "Benfika"ga yutqazdik, keyingi o'yinda uchta gol urdim. Arablardagi sharoitlar bilan taqqoslab bo'lmasdi.

Keyin pasportim muddati tugadi, O'zbekistonga qaytdim. Shu paytda "Qatar SK"dan taklif keldi. Oyiga — 130 000 evro! Endi o'ylab ko'ring: Portugaliyada 10 000 evro, Qatarda esa 130 000. Qaysi muxlisdan so'rasangiz ham, javob bir xil bo'ladi. Farq — 120 ming evro!

Portugaliyalik agent esa masalani chalkashlashtirdi. U klub prezidentini “arablarga qimmatroqqa sot” deb qulog'ini qizdirgan. “Qatar SK” transfer to'lamaymiz, aks holda maoshni qisqartamiz, dedi. Shuning uchun klub prezidentiga chiqdim. Holatimni ochiqchasiga tushuntirdim. Jamoa Birinchi ligaga tushib ketgandi, men qolmoqchi emasdim. “Qancha kerak bo'lsa, beraman. Olgan oyligim — 50 000 evroni qaytarib beraman”, dedim. Rozilik bermadi.



Shunda “Qatar SK”ga aytdim: “100 000 evro so'rayapti”. Ular rozi bo'lishdi. Mablag'ni o'z hisobi orqali to'ladi. Maoshimni ham kamaytirishmadi. Prezident bank hisob raqamini berdi, pulni o'tkazdim. Xursand holda shartnomamni qaytarib olib, Qatarga oilam bilan yo'l oldim. 

Kontraktga qo'l qo'ygan paytda agent menga qo'ng'iroq qildi: “Sen O'zbekistonda bo'laman degan eding, u erda nima qilyapsan?” — deb. Prezident o'ynash ruxsatini beradigan “tugmani bosmasligi”ni, uni aldaganimni aytdi. Vaqt o'tayotgandi. Qatar FIFAga murojaat qildi.

Qatardagilar Dekuga chiqishdi, u  prezidentning oldiga bordi. Lekin prezident ko'nmadi. Qatar shayxi shaxsan "Al Duxail" bilan o'yinda ishtirok etishim uchun necha pul kerakligini so'radi. Prezident: “Hech qancha. Menga puli kerak emas. Rashidov meni aldadi”, deb javob berdi.

Shundan keyin Qatar FIFAga rasman murojaat qildi va tashkilot o'ynash huquqimni rasman tiklab berdi. Hatto shayx “50 yoki 100 ming evro qo'shimcha beraman” dedi. Endi o'zingiz solishtiring — Portugaliyadagi munosabat va Qatardagi himoyachon yondashuv orasida qanday farq bor?", - dedi Rashidov. 



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика