So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  1 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

Sardor Qobuljonov: “Og'ir damlarimda eslab turgan buxorolik muxlislardan minnatdorman” Yangiliklar

Sardor Qobuljonov: “Og'ir damlarimda eslab turgan buxorolik muxlislardan minnatdorman”

Teglar :  Sardor Qobuljonov
So'nggi yillarda jaroxat sabab o'yindan tashqari xolatga tushib qolgan Sardor Qobuljonovni muxlislar yaxshi bilishsa kerak.

Ayniqsa uning super ligadagi hozircha so'nggi jamoasi bo'lib turgan “Buxoro”ning ishqibozlari juda qadrlaydi. Ajoyib seyvlari va o'yinni o'qiy olish qobilyati bilan buxorolik muxlislarning qalbidan joy olgan posbon deyarli 1,5 yildan buyon maydon tashqarisida yurdi. Kuni-kecha Qobuljonov bilan suhbatlashib, xolidan xabar oldik.

- Sardor aka, og'ir jaroxat olib uzoq muddatga safdan chiqqaningizni yaxshi bilamiz. Adashmasak, Sizni oxirgi marta bolalar futbol maktabida murabbiy sifatida ishlab kelayotganingizni ko'rgandik. Qo'lqoplaringizni mixga ilishga qaror qildingizmi?
- Aslo, unday emas. Bilasizmi o'sha paytlar menda bo'sh vaqtlar etarlicha edi. O'g'limni futbolga bergandim. U erda bekor turmasdan, bolajonlarga murabbiylik qildim. Nodirxo'ja Yuldashev hech bir klubda emasligimni bilib, jamoada ishlab turishimni iltimos qilgandi.

- Hozirda nimalar bilan bandsiz?
- Yaqinda super liga debyutanti “Cementchi” yig'iniga kelib qo'shildim. Ayni damda Quvasoyda, yangi jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqdaman.

- Bu jamoaga sizni kim taklif etdi?
- Avvalo shuni aytib o'tishni istardimki, bungacha o'zim yakka tartibda shug'ullanib kelayotgandim. “Cementchi”ga meni murabbiylar shtabi o'zaro maslahatlashgan xolda taklif etdi. Bu erda hozir darvozabonlar murabbiyi sifatida Xislat CHilmatov ishlab kelmoqda. Xislat Isroilovich bilan  2014 yili “Neftchi”da birga ishlaganmiz. Ushbu murabbiy mening imkoniyatlarimni yaxshi biladi va shu bois bosh murabbiyga tavsiya qilgan. Qolaversa katta murabbiy Eldor Sakaev bilan ham yaxshi munosabatdamiz. Fursatdan foydalanib, menga ishonch bildirib jamoaga taklif etgan murabbiylarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Jaroxatlardan to'liq forig' bo'ldingizmi?
- Xudoga shukur, qiyinchiliklar ortda qoldi va hozir hammasi yaxshi. Asta-sekin avvalgi sport formamni tiklab bormoqdaman. Mashg'ulotlarda boshqalarga nisbatan ko'proq ishlashim zarurligini chuqur xis etyapman. Asosan jismoniy tayyorgarligimni meyoriga keltirib olishim kerak. SHuningdek menga ko'proq o'yin amaliyoti zarur. Umid qilamanki, yaqin bir oy mobaynida 100 foiz tayyor xolatda bo'laman.

- Buxorolik ko'plab muxlislar sizni qattiq xurmat qiladi. Ularning aksariyati bu yil Qobuljonovni yana jamoaga qaytishini istamoqda?
- Xalqimizda do'st boshga kulfat tushganida bilinadi degan gap bor. Men ham boshimdan og'ir damlarni o'tkazgan paytimda, kim aslida kim ekanligini bilib oldim. “Buxoro” uchun ozmi-ko'pmi qo'limdan kelganicha bor kuchim bilan o'ynab, jamoaga yordam berdim. Oyog'im sinib, safdan chiqqanimdan keyin o'sha paytdagi na rahbariyat, na murabbiylar eslab ham qo'ymadi. Keyinchalik men bilan birga ishlagan rahbariyat va murabbiylar ham taqdir taqazosi bilan klubdan ketdi. Buxorolik ishqibozlardan minnatdorman. Ular kun-ora telefon orqali bo'lsada, qo'ng'iroq qilib, menga dalda berib turishdi. Aynan ularning qo'llab-quvvatlab turishgani sababli ham tezroq yana safga qaytishga xarakat qildim. O'zimda kuch topa oldim. Buxorolik ishqibozlar hozir ham telefon qilib, jamoaga qaytishimn so'rashadi. O'zimga qolsa yana jamoga qaytgan bo'lardim. Lekin murabbiylar chaqirmaganidan keyin, qanday qilib borishim mumkin. Balki ular mening safga qaytganimdan bexabar bo'lsa kerak. Kim biladi deysiz, vaqti kelib yana “Buxoro”da o'ynash nasib etar. Axir bu xayot.  

- Adashmasak, 2016 yilgi mavsumda oyog'ingiz singandi. To'g'rimi?
- Ha, shunday. “Nasaf”ga qarshi Kubok o'yinida baxtsiz xodisa yuz berib, kutilmaganda chap oyog'im singandi. Keyin malakali shifokorlar xuzurida bo'ldim. Oyog'imga temir moslamasini qo'yib, gips qo'yishdi. Ishonasizmi, ushbu temir moslamasi hozir ham turibdi. Hech qanday noqulaylik kelib chiqarmayapti. SHifokorlarning aytishicha, ushbu temir moslamasini oldirib yuborsam, qandaydir qo'rquv kelib chiqishi ham mumkin ekan.

- Deyarli 1,5 yil davomida katta futboldan tashqarida bo'ldingiz. Faqat ochig'ini ayting, jaroxatdan chiqqaningizdan so'ng yana super liga klubidan taklif olishingizga qanchalik ishongandingiz?
- To'liq ishonmagan bo'lsamda, har xolda bunga umid qilganman. Yaxshi niyat qilib, yana super ligada o'ynash uchun o'z ustimda tinimsiz ravishda mashg'ulot o'tkazdim. Xudoga shukur, yana sevimli mashg'ulotim bilan shug'ullanyapman.

- Ushbu mavsumni “Cementchi”da o'tkazishingiz aniq bo'ldimi?
- To'g'risi hozir bu erda ko'rikdan o'tyapman. Agarda keyinchalik javob berib yuborsa ham bundan sira ranjimayman. CHunki  men jaroxatdan endi chiqdim. Lekin berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga bor kuchim bilan xarakat qilaman.

- Bizningcha o'tgan yili super liga o'yinlarini kuzatib borish imkoniyati sizda ko'proq bo'ldi. Aytingchi qaysi darvozabonlarning o'yini sizga yoqdi?
- Bu borada “Navbahor” posboni Asilbek Amonovni aytgan bo'lardim. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori ekanligi menga yoqdi. SHuningdek Sanjar Quvvatovni ham alohida etirof etishni istardim. “Nasaf” darvozaboni adashmasam 11ta o'yinda 1ta to'p o'tkazib yubordi xolos. Bu – darvozabon uchun eng yaxshi natija. To'g'ri bunday bo'lishiga uning oldida turgan himoyachilarning ham xizmati beqiyos. Ammo darvozabonga ham ko'p narsa bog'liq ekanligini unutmaslik lozim.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика