So’nggi yangiliklar

12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  0 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  1 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7

Sardor Mirzaev: Hissiyotlarimni tariflay olmayman Yangiliklar

Sardor Mirzaev: Hissiyotlarimni tariflay olmayman

Xabaringiz bor, Toshkentning Lokomotiv klubi o'z tarixida ilk bor futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining oltin medallariga sazovor bo'ldi.

 Boshqacha aytsak, temiryo'lchilar bir necha yillik urinishlardan so'ng nihoyat, o'z niyatlariga etishdi. Eng qizig'i, Lokomotivga ashaddiy raqib - Bunyodkor ham qaysidir manoda, yordam berib yubordi. Negaki, qaldirg'ochlar 29-tur doirasidagi Navbahorga qarshi o'z maydonlarida o'tgan o'yinda durang (1:1) qayd etishdi. Bu esa tabiiyki, Mirko Yelichich shogird­larini muddatidan oldin chempion bo'lishlarini taminladi. SHu bois, Lokomotiv futbolchilari Metallurg bilan o'yinda ortiqcha bosimlarsiz, chempionlarga xos harakat qilishdi. Ana shu bellashuv yakuniga etgach, biz temiryo'lchilarning eng faol futbolchilaridan biri - Sardor Mirzaevni suhbatga tortdik.

- Sardor, avvalo, sizni va jamoangizni chempionlik bilan tabriklaymiz. Xo'sh, taassurotlar qanday?


- Tabrik uchun katta rahmat. Taassurotlarni esa so'z bilan ifoda etib bera olmayman. Biz bu kunni uzoq kutgan edik. SHukrki, yakunda maqsadimizga etib, chempion bo'ldik.

- Sizningcha, jamoa muvaffaqiyatining asosiy siri nimada?


- Menimcha, asosiy masala - inoqlikda. CHunki hozirgi Lokomotivdagi barcha insonlar xuddi bir oila azolaridek bo'lib qolgan. Hammamiz birlashib, yagona maqsad yo'lida harakat qildik va bunga erishdik.

- Bunyodkorning o'z maydonida ochko yo'qotishiga qanday munosabat bildirasiz?


- To'g'risi, bu biroz kutilmagan natija bo'ldi. Yaxshi bilasiz, chempionat yakunlanishiga ikki tur qolgan bo'lsa-da, oltin medallar taqdiri hali ochiq turgandi. SHunday holatda Bunyodkorning ochko yo'qotishini esa ochig'i, kutmagandik.

- Metallurg - Lokomotiv uchun noqulay raqib hisoblanadi. Zero o'tgan yilgi mavsumda ham aynan shu klubni mag'lub eta olmagansizlar...


- Ha, chindan ham Metallurgni so'nggi ikki yildan beri chempionat bahslarida enga olmay kelayotgandik. Lekin Bunyodkorning ochko yo'qotishi, buning oqibatida chempion nomiga aniqlik kirishi ishimizni ancha engillashtirdi. Katta bosimdan xalos bo'lib, yuqori kayfiyat bilan to'p surdik. Buning natijasida o'yinimiz ham qovushdi, menimcha.

- Xato bo'lmasa, faoliyatingizda ilk bor chempion bo'ldingiz...

- Xuddi shunday. Birinchi marta O'zbekiston chempionatining oltin medallariga ega chiqmoqdaman. Ochig'i, bu - hozirgacha ushalmagan orzularimdan biri edi. Ammo niyatimga erishishni juda ham istagandim. Umid qilamanki, bu - oxirgisi bo'lmaydi.

- Endi ortga nazar solib, mavsum haqida umumiy xulosalar chiqarish mumkin. Bizningcha, bu mavsum - faoliyatingizdagi eng yaxshisi bo'ldi. Bu fikrga qo'shilasizmi?


- SHak-shubhasiz. CHindan ham, oliy ligadagi faoliyatim boshlaganidan beri eng yaxshi mavsumni o'tkazdim. Taqdirimdan aslo nolimayman: O'zbekistonning eng kuchli jamoasida o'ynayapman, joriy mavsumda esa o'zim kutgandan ham ko'proq gollar urdim.

- Bu yilgi chempionat saviyasi haqida nimalar deya olasiz?


- SHunisi aniqki, mavsumdagi hech bir o'yin biz uchun oson o'tmadi. Tarkibimiz kuchli bo'lishiga qaramay, g'alabalarni katta mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritdik. Ligadagi har bir jamoa bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Fikrimcha, shuning o'ziyoq chempionat saviyasi sezilarli darajada oshganini ko'rsatadi.

- Mavsumning uch nafar eng yaxshi futbolchisi sifatida kimlarni ko'rsatgan bo'lardingiz?


- Paxtakor klubidan Jaloliddin Masharipovni, shuningdek, Lokomotivdagi do'stlarim Temur Kapadze va Temurxo'ja Abduxoliqovlarni.

- O'zingiz orzu qilgan jamoadamisiz yoki bu istak hali amalga oshmadimi?


- Faxr bilan aytishim mumkinki, ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli jamoasi sharafini himoya qilyapman. Lekin men ham aksariyat hamkasblarim qatori, o'z kuchimni xorij klublarida sinab ko'rishni istayman. O'ylaymanki, bu orzuim ham vaqti kelib, amalga oshadi.

- Dunyo futbolida qaysi klublarga muxlislik qilasiz?


- Madridning Real klubiga mehrim bo'lakcha. Sevimli jamoam kuni kecha Madrid derbisida Atletikoni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Bu o'yinni miriqib tomosha qildim.

- Demak, bu yilgi Oltin to'p sovrini Ronalduga nasib qilishini xohlaysiz, shundaymi?


- Albatta. Agar Oltin to'pni Krishtianuga berishmasa, adolatsizlik bo'ladi. Atletiko bilan o'yinda Ronaldu xet-trikka erishdi va bunga har tomonlama haqli ekanligini yana bir bor isbotladi. Qolaversa, Krishtianu Portugaliya terma jamoasi safida Evropa chempioni, Real tarkibida ECHL g'olibi bo'ldi.

- Suhbatimiz so'nggida futboldagi ilk qadamlaringiz, murabbiylaringiz haqida ham so'zlab bersangiz...


- Millionlar o'yiniga kirib kelib kelishimga otam sababchi bo'lganlar. Futbolning ilk sir-asrorlarini esa Oydinbek Aliev va Durbek Mirzaboevdan o'rganganman. SHuning­dek, bugungi darajaga etishimda Yuriy Sarkisyanning xizmatlari ham benihoya ulkan bo'lgan.

- Neftchini nima uchun tark etganingizni izohlab bera olasizmi?

- Bilasizmi, men futbolchi sifatida Neftchida o'sib-ulg'aydim va bundan juda xursandman. Lekin yanada o'sishim uchun o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoa safida o'ynashim zarur edi. Ana shunday imkoniyat yuzaga kelgan paytda undan foydalanib qoldim. Biroq qaerda va qaysi jamoa safida o'ynamay, Neftchi hamisha qalbim to'rida bo'lib qolaveradi. Raqib sifatida bu jamoaga qarshi maydonga tushish - men uchun hamisha qiyin bo'lib kelgan.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика