So’nggi yangiliklar

23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  21 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  19 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  35 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  16 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2

Sardor Eminov: "O'ylaymanki, qo'qonlik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi" Yangiliklar

Sardor Eminov: "O'ylaymanki, qo'qonlik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi"

Kecha bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Istiqlol" (1:0) o'yinidan so'ng farg'onaliklarning yangi azosi Sardor Eminov bazi savollarimizga javob qaytardi.


"Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Tayyorgarliklar juda yaxshi o'tmoqda. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarmochimiz", - deya so'z boshladi Sardor Eminov. 


- "Neftchi" oldiga yangi mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?

- Jamoamiz oldiga kuchli to'rttalikka kirish vazifa qo'yildi. Maqsad sari oldinga intilamiz. Vazifani uddalashga harakat qilamiz. O'ylaymanki, bu uddalab bo'lmaydigan vazifa emas. "Neftchi" yangi mavsumda kuchli to'rttalikka kira olishiga ishonaman. Bu bizning qo'limizdan keladi.

- Andrey Fyodorov qo'l ostida mashg'ulotlar qay tarzda kechmoqda?

- Hamma murabbiyning o'ziga yarasha yondoshuvi, futbolga bo'lgan qarashi bor. Fyodorov asosan to'p bilan harakatga katta urg'uni beradi. Andrey Fyodorov futbolchilar bir-birlariga to'p uzatmalarni tezlik bilan amalga oshirishlarini istaydi. Mashg'ulotlarda ham shunga katta etibor qaratilmoqda. Umuman olganda, Fyodorov qo'l ostida shug'ullanish menga maqul kelmoqda.

- O'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasi tarkibida yaxshi o'ynab, mahalliy ishqibozlarning olqishiga sazovor bo'lgandiz. Umuman nega "Qo'qon-1912" klubidan ketdingiz?

- Qo'qonliklar bilan o'rtadagi kelishuv o'z nihoyasiga etgandi, shu sababli jamoani tark etdim. "Neftchi"dan yaxshi taklif bo'ldi va bu chorlovni qabul qildim. O'ylaymanki, qo'qonlik muxlislar meni to'g'ri tushunishadi.

- Yangi mavsumda o'z oldizga qo'ygan shaxsiy maqsadlaringiz nimalardan iborat?

- Avvalo farg'onalik minlab ishqibozlarning ishonchini oqlash va jamoa bilan oldimizga qo'yilar maqsadlarga erishish. Yuqori marralarni zabt etishni istayman. Muhimi - ishqibozlar ishonchi. Muxlislarni o'z o'yinlarim orqali xursand etishga harakat qilaman.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика