So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  6 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Sanjar SHoahmedov ikki yil oldingi "So'g'diyona"ga qarshi bahs haqida: "Juda qiyin o'yin bo'lgandi" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov ikki yil oldingi "So'g'diyona"ga qarshi bahs haqida: "Juda qiyin o'yin bo'lgandi"

2018 yilning 21 aprel kuni "Lokomotiv" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.

O'sha uchrashuvda ikkinchi golni urgan Sanjar SHoahmedov bahs qanday kechganini yodga oldi. Malumki, hozirda SHoahmedov oilasi bilan Malayziyada istiqomat qilyapti U bilan internet orqali bog'landik. 

- "Bu uchrashuvni yaxshi eslayman. Juda qiyin o'yin bo'lgandi. Esimda, birinchi golni Sardor Rashidov urgan, keyin esa uning to'p uzatishidan so'ng men to'p kiritgandim. O'sha bahsda "So'g'diyona" jiddiy qarshilik ko'rsatganini eslay olaman". 

- "Urgan golim haqida gapiradigan bo'lsam, Sardor Rashidov to'p uzatgach darvozabon bilan birga bir chiqib borib gol urganman. O'shanda qarshi hujum jamoamizga foyda keltirgandi". 

SHoahmedov shuningdek Malayziyadagi holat haqida gapirdi. 

- "Hamma joyda bo'lgani kabi bu erda ham karantin. Uydan deyarli chiqayotganimiz yo'q. Faqat zaril bo'lsagina ko'chaga chiqyapman. Har kuni uyda o'zim individual shug'ullanib turibman. Menimcha, jamoaviy mashg'ulotlarga keyinroq kirishsak kerak". 

- "Buyog'iga Ramazon oyi ham yaqinlashib qoldi, Malayziyada ro'zaga juda jiddiy qarashadi. Balki ro'zadan keyin o'yinlarni o'tkazishimiz mumkin", - deydi faoliyatini "Terengganu" klubida davom ettirayotgan yarim himoyachi.


Superliga, 7-tur. 21.04.2018

«Lokomotiv» - «So'g'diyona» 2:0 

Gollar: Sardor Rashidov (36), Sanjar SHoamehdov (54). 

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Boburbek Yo'ldoshev, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullaev, 70), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov (Diyor Turopov, 77), Sanjar SHoahmedov, Sardor Rashidov (Azizbek Amonov, 86), SHuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Igor Elich. 

«So'g'diyona»: Dilshod Hamroev, Elyor Oripov, Alisher Ziyovutdinov, Akmal Xolmurodov, Azamat Isroilov, Dilmurod Karimov (Doniyor Hasanov, 54), Sardor Azimov, SHohruz Norxonov, Tohir SHamsiddinov, Jahongir Abdumo'minov (Izzatilla Abdullaev, 68), Nurillo To'xtasinov. 

Ogohlantirish: M.Bikmaev (20), H.G'ofurov (75). 

Bosh hakam: Aziz Asimov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика