So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

Sanjar SHoahmedov: “Abduxoliqov bilan bir jamoada to'p tepishimiz zo'r bo'ldi” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Abduxoliqov bilan bir jamoada to'p tepishimiz zo'r bo'ldi”

Toshkentning “Lokomotiv” klubida to'p tepgan yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov Qatarning "Al Sayliya" klubiga ko'chib o'tdi.

“Qatar klublaridan bir qator takliflar bor edi. Taklif bildirgan barcha klub shart-sharoitlari bilan tanishib chiqib "Al Sayliya" jamoasi taklifini qabul qildim.

Kuni kecha jamoaning barcha shart-sharoiti bilan tanishib chiqdik. Nasib qilsa ushbu klubda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

“Lokomotiv” klubidagi jamoadoshim Temurxo'ja Abduholiqov bilan "Al Sayliya"da birga to'p tepadigan bo'ldik. Bu Temurxo'ja uchun ham, men uchun ham juda ham zo'r bo'ldi. Ikkimiz ham bundan xursand bo'ldik. "Al Sayliya" klubi oldiga yaxshi o'yin ko'rsatib yuqori o'rinlarni egallab, chiroyli natija ko'rsatish vazifasi qo'yilgan.

Jamoada bizdan tashqari Ruminiya, Bahrayndan legioner futbolchilar bor. Qatar klubida o'zimizni sinab ko'rishni istaganimiz uchun ushbu jamoani tanladik.



"Al Sayliya" bilan bir yarim yilga shartnoma imzoladik. Klub rahbariyati bizga juda ham zo'r sharoitlar yaratib berdi. Uy, mashina deganlaridek barchasini amalga oshirib berishdi. Bu borada hech qanday muammo yo'q. Jamoa murabbiyi tunislik ekan.

Til borasida biroz muammolar bor edi. Lekin bizga tarjimonlar taqdim etishdi, hammasi ko'ngildagidek. Bizni shunchalik qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga, barcha shart-sharoitlar qilib bergan “Lokomotiv” klubi rahbariyatidan tortib, barcha ishchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. “Lokomotiv” jamoasi orqali shu darajaga etishdim. Bir umr ushbu jamoadan qarzdorman”, - deydi "Al Sayliya" futbolchisi Sanjar SHoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика