So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Sanjar Quvvatovning quruq seriyasi oshib bormoqda Yangiliklar

Sanjar Quvvatovning quruq seriyasi oshib bormoqda

“Nasaf” jamoasida asosiy darvozaboni hisoblangan Eldorbek Suyunov ikkinchi davradan “Paxtakor” safiga o'tgach, uning o'rnini asosiy darvozabon sifatida Sanjar Quvvatov egalladi.

Sanjar Quvvatov mana to'rt uchrashuvki o'zi qo'riqlayotgan darvozasini dahlsizligini saqlab turibdi. Uning quruq seriyasi 360 daqiqaga etdi. So'nggi bor u Qarshidagi “Bunyodkor” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda penaltidan gol o'tkazgan edi.

Bu yilgi chempionatda ushbu ikki darvozabon statistikasini solishtirsak, quyidagi holatga guvoh bo'lamiz.

Eldorbek Suyunov birinchi davradagi uchrashuvlarda 10 marta darvozamizni qo'riqlab, maydonda 900 daqiqa harakat qilgan va 11 marta gol o'tkazgan edi.

Sanjar Quvvatov joriy chempionatda darvozamizni 12ta uchrashuvda qo'riqladi, u 1080 daqiqa harakat qildi va 5 marta gol o'tkazib yubordi. Ushbu darvozabonimiz maydonga tushgan 12 uchrashuvning 9tasida jamoamiz g'alaba qozongan, 3 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Eldorbek Suyunov mydonga tushgan 10 uchrashuvning 4tasida jamoamiz mag'lubiyat alamini tortgan va 2 uchrashuvda durangga imzo chekkan.

Quvvatovning bu yilgi chempionatda ko'pgina o'yinlarda, juda qiyin vaziyatlarda ham mahoratini namoyish qilib, jamoamizni muqarrar gollardan asrab qolayotganiga guvoh bo'layapmiz.



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика