So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  30 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  43 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  12 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  80 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

Sanat SHixov: "So'g'diyona"ning o'yin uslubida o'zimni ko'rmadim. "Buxoro" ortga tashlangan qadam emasligini isbotlayman" Yangiliklar

Sanat SHixov: "So'g'diyona"ning o'yin uslubida o'zimni ko'rmadim. "Buxoro" ortga tashlangan qadam emasligini isbotlayman"

Pro liga ishtirokchisi hisoblangan "Buxoro" qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

"Ko'hna shahar" jamoasi bunga qadar Abdujamol Isroilov, Qahramon Bahodirov, Alisher Sanoev kabi futbolchilarni qo'shib olgandi. Kuni kecha mahoratli va tajribali ijrochi Sanat SHixov ham jamoa safini to'ldirdi. Yarim himoyachining "So'g'diyona"dan ketishini ko'pchilik uchun kutilmagan qaror sifatida qabul qildi. Biz esa barchasiga oydinlik kiritish maqsadida Sanat SHixovga bir necha savollar bilan yuzlandik.

- Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inini "So'g'diyona"da boshlagan edingiz. Lekin, kutilmaganda "Buxoro"ga o'tganingiz haqida xabar chiqdi. Taklifni qabul qilishingiz qanday bo'ldi? 

- Barchasi tezda kutilmaganda ro'y berdi. "So'g'diyona" bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan edim. Ammo, ayrim sabablar tufayli ketishga qaror qildim. SHu pallada "Buxoro" jamoasidan taklif kelib tushdi. CHorlovni tezda qabul qildim. O'ylab o'tirishga vaqtim ham, xohishim ham bo'lmadi. Buxoro shahrini va muxlislarini yaxshi ko'raman. Azaldan yaxshi xotiralar qolgan. SHuning o'zi ham qaror qabul qilishda qiyinchilik tug'dirmadi deb o'ylayman. 

- Qiziq jizzaxliklar safini tark etishingizga qaysi omillarni sabab sifatida ko'rsata olasiz?

- Sababi ularning o'yin uslubida o'zimni ko'rmadim. Ketish qarori o'zimdan chiqdi. "So'g'diyona"da ajoyib murabbiy va futbolchilar bor. Rahbariyat jamoaga qo'lidan kelgancha yaxshi sharoitlarni yaratib bermoqda. Kelgusida bu jamoaga omad tilayman. Superligada medallarga ega chiqib Jizzax shahri aholisini xursand qilishligini tilab qolaman. 

- Mazkur jamoadagi bir yillik faoliyatingizdan qay darajada qoniqish hosil qildingiz?

- Barchasi shundan boshlandi. To'g'risi o'tgan mavsum ko'rsatgan o'yinim o'zimga yoqmadi. Bitta o'yin yaxshi harakat qilsam, keyingi uchrashuvda o'zim istagandek o'ynolmadim. Qisqasi o'yinimdan ko'nglim to'lmadi. Balki, murabbiyning taktikasiga tusha olmagandirman. "Surxon" bilan kechgan o'rtoqlik bahsidan so'ng jamoa bilan xayrlashdim. Bildimki, bu jamoada o'zim kutgan o'yinni ko'rsata olmayman. Jamoada qolib pulimni olib yurishim mumkin edi. Lekin, men bunday yo'l bilan pul topishni o'zimga lozim ko'rmayman. Futbolchi birinchi galda futboldan rohat olishi kerak. Har bir sohada inson sidqidildan halol mehnat qilib oila boqishi darkor. Menga yoshligimdan shunday tarbiya berishgan. 


- Superligadan Pro liga jamoasiga o'tishingizni ko'pchilik ortga tashlangan qadam deyishi mumkin. Biroq, ushbu liga so'nggi yillarda yuqori darajaga chiqayotganligi uchun ham futbolchilar Pro liga klublariga o'tishmoqda desak bo'ladimi ?

- Ha, o'tgan yili musobaqani tashkil qilish yo'lida katta ishlar amalga oshirildi. Bu darajada tezda o'sishga erishgani bilan PFLni tabriklasa bo'ladi. Agarda shu zayilda davom etilsa bundan faqat o'zbek futboli yutadi. SHaxsan o'zim uchun "Buxoro" ortga tashlangan qadam emas. Meni taniganlar xarakterimni yaxshi biladi. Xudo xohlasa o'zimga bundan ham yuqori talablarni qo'yib ortga tashlangan qadam emasligini isbotlayman. 

- Ushbu qaroringizga Ulug'bek Baqoevning munosabati qanday bo'ldi?

- Bilmadim. Bu borada gaplashganim yo'q. Men futbolchiman. Faoliyatim davomida ko'plab yaxshi murabbiylar bilan birga ishlaganman. Ammo, shu paytgacha birorta murabbiydan ketishimga munosabatini so'ramaganman. Men bo'lmasam joyimda boshqa futbolchini o'ynatadi. 

- Jizzaxlik futbol ishqibozlariga aytadigan so'zlaringiz bo'lsa marhamat...

- Ortda qolgan yil barchamiz uchun qiyin bo'ldi. SHunga qaramasdan bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Birinchi navbatda barchalariga sog'lik tilayman. Ajoyib bir yil uchun rahmat aytaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика