So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  30 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  15 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Sanat SHixov: "Katanecdan oldindagi o'yinda rotaciya kutmasak ham bo'ladi. Eronga esa yutqazmaymiz" Yangiliklar

Sanat SHixov: "Katanecdan oldindagi o'yinda rotaciya kutmasak ham bo'ladi. Eronga esa yutqazmaymiz"

"Tezkor studiya"ning kechagi sonida O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sanat SHixov mehmon sifatida ishtirok etdi.

Efir so'nggida esa O'zbekiston terma jamoasining oldindagi o'yinlari haqida fikrlarini bildirdi. 


"Turkmaniston bilan o'yinda rotaciyaga qo'l urilishi  kerak. Lekin Katanecdan buni kutmasak ham bo'laveradi. Rotaciya orqali yoshlarni yuqori darajadagi o'yinlarda ko'rib olish kerak. Jamshid Iskanderovga kam imkon beriladi. SHunday o'yinlarda kam o'yin amaliyoti berilayotgan futbolchilarni o'ynatish lozim. 

Abduvohid Nematovga ishonch bildirilishi mumkin. Kuchli bo'lganidan keyin qo'yish kerak. Turkmanistonni kuchsiz demayman. O'yinchilari yaxshi, derbi degan nom bor. Murabbiy tarkibda ko'p rotaciya qilmayotganiga sabab terma jamoa kam yig'iladi. Eron bilan buni amalga oshirmasa ham, Turkmanistonga qarshi qolganlarni ko'zdan kechirish darkor.

Tarixga emas, bugungi kunga qaraylik, chunki futbol o'zgarmoqda. Eron ham kuchli jamoa bo'lib ko'rinmayapti, balki bizning jamoa shu darajaga chiqdi. Xudo xohlasa, Eronga yutqazmaymiz. Kamida durang natija qayd etiladi. Xursand qiladigani, o'zbekistonlik futbolchilar Eronning chempion jamoalariga bormoqda. Ular bilan haqiqiy kuchimizni ko'rib olamiz. Elkamizda bosim yo'q. Muxlislardan qanday natija bo'lsa ham qo'llab-quvvatlashni so'rab qolardim",- dedi Sanat SHixov.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика